Ozarbayjon turkchasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Qator 21:
[[Fayl:Idioma azerí.png|thumbnail]]
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ozarbayjon turkchasi''' yoki Ozarbayjon tili - turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub til; asosan, Ozarbayjon Respublikasi va Eron Islom Respublikasida, qisman Armaniston, Gruziya, Turkiya, Iroq Respublikalarida tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 14 mln. kishidan ortiq (jumladan, Ozarbayjonda 6 mln.ga yaqin — 1979 yil maʼlumotlari). Ozarbayjon tili 4 lahja guruhiga ega: sharqiy (kuba, boku, shemahi lahjalari va mugʻan, lankaran shevalari); gʻarbiy (kazax, qorabogʻ, ganja lahjalari, ayrum shevasi); shim.shimoliy (nuhin lah-jasi va zakatala-kox shevasi); jan.janubiy (na-xichevan, oʻrdubod, tavriz lahjalari, yerevan shevasi). Lahjalardagi farqlar, asosan, fonetika va leksika sohalarida kuzatiladi.
 
Ozarbayjon tili fonetikasining boshqa turkiy tillarga nisbatan farqli jihatlari: Ozarbayjon tili datilida 9 unli, 23 undosh tovush bor; bar-cha oʻrinlarda G fonemasining keng qoʻllanishi; asli turkiy k/k, undoshlarining jaranglilanishi (qongan) va boʻgʻiz tovushiga aylanishi (qachon-pachan) soʻz boshidagi baʼzi ja-rangli undoshlarning jarangsizlanishi (balchiq—shalchig) va boshqa Morfo-logiyada bir qator affiksal koʻrsatkichlar oʻzaro farqlansa, sintaksisda bogʻlovchili qoʻshma gaplar tizimi ri-vojlangan. Hozirgi Ozarbayjon tili leksikasining aso-siy qismini shu tilning oʻziga mansub va umumturkiy soʻzlar tashkil etadi; shuningdek, unda arab va fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.
 
Yozuvi 1929 yilgacha arab grafikasi asosida, 1929—39 yillarda lotin grafikasi asosida, 1939—90 yillarda rus grafikasi asosida boʻlgan. 1992 yildan yana lotin grafikasi asosidagi yozuv joriy etilgan. Hozirgi adabiy Ozarbayjon tili (Ozarbayjon Respublikasida) 19-asrning oʻrtalarida boku va shemahi lahjalari asosida shakllana boshlagan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>