Boburiylar davlati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 62:
 
== Tarixi ==
[[15171577-yil]]dan boshlab [[Dehli sultonligi]]da ichki nizolar avj olib, sultonlik inqirozga yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dehlida [[Ibrohim Loʻdiy]], Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib [[1519]] va [[1524-yil]]lari [[Kobul]]dan [[Panjob]]ga yurish qildi va katta oʻljalar olib qaytdi. [[1525-yil]] Rano Sango oʻz raqnbi Ibrohim Loʻdiyni yengish va shu tariqa Shimoliy Hindistonni qoʻlga kiritish maqsadida Bobur bilan ittifoq tuzdi. Bobur yana Hindistonga yurib, [[1525-yil]] kech kuzida Panjobni boʻysundirdi. [[1526-yil]]ning aprel oyida esa Panipat yonida boʻlgan jangda (qarang Panipat janglari) Ibrohim Loʻdiyni yengib, Agra va Dehlini egalladi. Bobur ilgarigi fotixlar singari (masalan [[Mahmud Gʻaznaviy]], [[Amir Temur]] va boshqa) [[Hindiston]]ni tashlab chiqmay, shu yerda qolishga qaror qildi. U [[1527-yil]]ning mart oyida Sikri yonida boʻlgan jangda Rano Sangoni ham yengib, butun Shimoliy Hindistonni boʻysundirdi. Bobur [[1530-yil]] dekabr oyida vafot etdi. U oʻzi fath etgan mamlakatlarni betob kunlari oʻgʻillariga: Xindistonni toʻngʻich oʻgʻli Humoyunga, Panjobni Komron Mirzoga, Kobul va Qandahorni Askariy Mirzoga, Badaxshonni Hindol Mirzota taqsimlab berdi. Humoyun oʻz mulkini kengaytirish maqsadida [[1534-yil]] Gujarot va Biharga yurish qiddi. Humoyun afgʻon sur qabilasining nufuzli yetakchilaridan Sherxon bilan Chousa va Qunuj (Kanauj)da boʻlgan janglarda magʻlubiyatga uchrab, dastlab Sind va Qandahorga, u yerdan esa Eronga shoh [[Tahmasp]] huzuriga qochdi. Shunday qilib, Shimoliy Hindiston [[1555-yil]]gacha Sherxon va uning avlodi tasarrufida qoldi. [[1555-yil]] Humoyun chigʻatoy, afgʻon, eron, turkman va koʻchmanchi [[oʻzbek]] qabilalaridan katta qoʻshin toʻplab, Hindistonga yurish qildi, oʻsha yilning iyun oyida Surni yengib, Dehlini egalladi. Lekin oradan bir yil oʻtgach, Humoyun saroy kutubxonasi zinapoyasidan yiqilib, fojiona halok boʻldi. [[1556-yil]] taxtga uning hali balogʻatga yetmagan ugli Akbar oʻtqazildi. Boburiylar davlati hukmronligiga qarshi bosh koʻtargan Xemu va Skandar Sur ustidan gʻalaba qozondi, keyinchalik Boburiylar davlati.ni birmuncha kengaytirishga muvaffaq boʻldi. Akbar davrida Hindukushdan jan.dagi Godavari daryosigacha boʻlgan yerlar Boburiylar davlati tasarrufiga oʻtdi. Akbar markaziy davlat apparatini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha islohotlar oʻtkazdi. Yer soligʻi, davlatni boshqarish tartibi xususidagi qonunlarni ishlab chiqdi. Birinchi qonunga binoan natural soliq pul soligʻi bilan almashtirildi. Bu tadbir davlatning moliyaviy ahvolini yaxshiladi. Akbar jizya, ziyoratchilardan olinadigan soliqni, soliq toʻplovchilarning maoshi (dorugʻa)ni, chopar hamda amaldorlar uchun toʻlanadigan yigʻim (qoʻnalgʻa)ni, bozordan yigʻiladigan bir qancha soliq va jarimalarni bekor qildi. Akbar zamonida ichki va tashqi savdo rivojlandi. Dengiz orqali olib boriladigan savdoda Gujarot va Bengaliya alohida oʻrin egalladi. Savdo yoʻllarida karvonsaroy va quduklar bunyod etilishi savdoni rivojlantirdi. Akbar [[XVI asr]]ning 60—70-yillarida bir qator islohotlar oʻtkazdi. Podshoh hokimi mutlaq hisoblanib, uning huzurida maxsus vakillik mahkamasi tashkil etildi. Bu islohot mamlakatni birlashtirish va davlatni markazlashtirishda muhim rol oʻynadi. Akbarning oʻgʻli Jahongirshoh (1605—27) otasi davrida joriy etilgan feodal tartiblarni mustahkamladi, Boburiylar davlatini kengaytirish siyosatini davom ettirdi. Jahongir [[1614-yil]] Mevarni, [[1615-yil]] Assomni va [[1621-yil]] Kashmirdagi kichik Kishtvora navobligini bosib oldi. Bangola viloyatidagi afgʻon qabilalarining gʻalayonlarini bartaraf etib, ularni boʻysundirdi. [[1624-yil]]dan boshlab hokimiyat uning oʻqimishli va tadbirkor xotini Shoh Jahon qoʻliga oʻtdi. Xuddi shu yillardan boshlab mamlakatda ichki kurash yanada kuchayib ketdi. Bu kurashni uning oʻgʻillari Xurram (Shoh Jahon) va Hisrav Mirzo boshladilar. [[1622-yil]] Xurram otasiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib, oxiri taslim boʻldi. U faqat otasining vafotidan ([[1627]]) keyingina Shoh Jahon nomi bilan taxtga oʻtirdi. Shoh Jahon (1627—58) ayrim mahalliy mulkdorlar (Bundel hokimi Jujhar, Dekan hokimi Xon Jahon Loʻdiy va boshqa)ning qarshiligiga duch keldi va ularning isyonlarini bostirdi, 1632—[[1636-yil]]larda Dekan hokimliklarini boʻysundirdi, [[1638-yil]]da Qandahorni egalladi. Boburiylar davlati.ning eng mashhur hukmdorlaridan yana biri Avrangzeb Olamgirdir (1618—1707). U Dekan va Bijapurni boʻysundirdi. Akbar, Shoh Jahon va Avrangzeb hukmronligi davrida Boburiylar davlati taraqqiy etdi. Mamlakat birmuncha markazlashdi, iqtisod va madaniy hayot oʻsdi<ref>''The Baburnama: Memoirs of Babur, Prince and Emperor'', Zahir-ud-din Mohammad Babur, Translated, edited and annotated by Wheeler M. Thackston. 2002 Modern Library Palang-faack Edition, New York. ISBN 0-375-76137-3 стр. xlvi</ref>.
 
== Parchalanishi ==