Ismoil Somoniy — versiyalar orasidagi farq

k
qisqa izoh tahrirlanmadi
k
{{birlashtirish|Ismoil Somoniy}}
[[Tasvir:Ismaili somoni dushanbe.jpg|thumb|200px|Ismail Somoniy Monumenti, Dushanbe]]
[[File:Bukhara - Samanid Mausoleum.jpg|thumb|200px|Ismail Somoniy maqbarasi, Buxoro]]
Ismoil Somoniy oʻrta asrlarning qobiliyatli, sergʻayrat va nihoyatda zukko davlat arbobi edi. U [[Movarounnahr]]ni birlashtirgach, mustahkam feodal davlatni tuzishga intildi. U oʻz Vatanida barqaror tinchlikni taʼminlab, uni mustahkamlashda hukmronlik qobiliyatining hamma nozik xususiyatlarini ishga soldi. Avvalo katta qoʻshin toʻplab, koʻchmanchilar dashtiga askar tortdi. [[893|893-yilda]] [[Taraz]] shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berdi. Bu somoniylar davrida koʻchmanchilarga qarshi qilingan oxirgi katta yurish boʻldi. Natijada dashtlik qabilalarning Movarounnahr viloyatlariga boʻlgan uzluksiz bosqinlari barham topib, oʻtroq aholi endilikda vohalar atrofi boʻylab yuzlab kilometrga choʻzilgan mudofaa devorlari-yu, son-sanoqsiz qal’alarni bino qilish va ularni muttasil taʼmirlab turishdek ogʻir va mashaqqatli mehnatdan va tashvishdan forigʻ boʻldi. Xuddi shu davrdan boshlab, 300 km dan oshiqroq masofada [[Buxoro]] vohasining atrofini oʻrab turgan qadimiy mudofaa inshooti Kampirak devorining har yilgi odatiy hashari toʻxtalib, u qarovsiz qoldirilgan. Narshaxiyning yozishicha Amir Ismoil oʻzining kuchli qoʻshinlarini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men boʻlaman, — deb aytgan ekan.
 
[[Movarounnahr]] aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada, oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. [[900|900-yilda]] ular oʻrtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun [[Xuroson]] somoniylar qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti [[Buxoro]] shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy to [[907]]-iy yil hukmdori qilib oʻldi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.<ref>[http://dic.academic.ru/dic.nsf/sie/6962/ИСМАИЛ/ Исмаил Самани]</ref><ref>[http://slt.uz/history/gosudarstvo_samanidov.html/ Государство Саманидов]</ref><ref>[http://www.centrasia.ru/person2.php?&st=1015938566/ Самани]</ref>
== Qoʻshimcha maʼlumotlar ==
* [http://dic.academic.ru/dic.nsf/sie/6962/ИСМАИЛ/ Исмаил Самани]
* [http://slt.uz/history/gosudarstvo_samanidov.html/ Государство Саманидов]
* [http://www.centrasia.ru/person2.php?&st=1015938566/ Самани]
 
== Manbalar ==
{{Buxoro Amirligi}}
{{manbalar}}
{{commons}}
{{bio-stub}}
 
[[Turkum:Buxoro Amirligi hukmdorlari]]
[[Turkum:Somoniylar]]