Qarshi Davlat Universiteti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{wikify}}
1945 yil 1 sentabrda Buxoro birlashgan pedagogika va o‘qituvchilar institutining Qarshi filiali sifatida faoliyat boshlagan mazkur filial 1949 yil 27 oktabrda ikki yillik o‘qituvchilar tayyorlash institutiga, 1956 yil avgustidan Qarshi davlat pedagogika institutiga aylantirilgan. [[O‘zbekiston]] Respublikasi [[Vazirlar Mahkamasi]]ning 1992 yil 11 martdagi“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi “Yangi oliy o‘quv yurtlari tuzilishi haqida”gi Farmonining bajarilishi choralari haqida”gi 125-sonli Qarori bilan Qarshi davlat universiteti maqomi berildi va ta’lim muassasasida shu davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyoti soha va tarmoqlari uchun 70 ming nafardan ortiq, shundan 30 ming nafarga yaqin malakali kadrlar mustaqillik yillarida tayyorlandi.
1956 yildan eʼtiboran '''Qarshi Davlat Pedagogika instituti''' sifatida faoliyat ko‘rsatgan oliygoh 1992 yil mart oyidan [[O‘zbekiston]] Respublikasi [[Vazirlar Mahkamasi]]ning farmoni bilan '''Qarshi Davlat universiteti'''ga aylantirildi. Hozirgi kunda universitetning kunduzgi bo‘limda 31 ta, maxsus sirtqi bo‘limida 7 ta bakalavr taʼlim yo‘nalishi hamda 15 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.
 
Universitetda moddiy-texnik bazaning rivojlanishi, Davlat ta’lim standartlarining takomillashtirilishi, reyting tizimining o‘quv jarayoni asosini tashkil etishi, o‘quv adabiyotlari va elektron axborot ta’lim resurslari bilan ta’minlanishning talab darajasida bo‘lishi orqali - yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun mustahkam baza yaratilgan. Mustaqillik ruhini talabalar ongiga singdirish, ozodlik, vatanparvarlik kayfiyatini qaror toptirish o‘tilayotgan har bir darsning asosiy maqsadiga aylantirilgan va o‘quv jarayoni ilg‘or pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilmoqda.
Universitetda talabalarning umumiy kontengenti 10398 nafar bo‘lib, shundan 7129 nafari kunduzgi bo‘limda (shundan 3244 nafari yigitlar, 3685 nafari qizlar), 2116 nafari maxsus sirtqi bo‘limda, 86 nafari magistratura mutaxasisligi bo‘yicha taʼlim olmoqda. Universitetning kunduzgi bo‘limida 225 ta akademik guruh mavjud bo‘lib, 10 millat vakillari tahsil olib kelmoqdalar. Universitet tarkibida 8 ta fakultet, 34 ta kafedrada 568 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shundan 23 nafari fan doktori, professorlar, 162 nafarini fan nomzodlari, dotsentlar tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda o‘rindoshlik sifatida 32 nafar yetuk, tajribali professor-o‘qituvchilar markaziy oliy o‘quv yurtlaridan taklif etilgan. Universitetda o‘quv jarayoni Davlat taʼlim standartlari asosida, davr talabiga mos holda olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining 21.02.2004 yil № 54 sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining namunaviy o‘quv rejalari asosida II-III-IV kurslarda o‘quv jarayoni tashkil etilgan.
Universitetda 8 ta: Ijtimoiy fanlar, Filologiya, Xorijiy tillar, Pedagogika, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim, Fizika-matematika, Tabiiy fanlar, Jismoniy madaniyat fakultetlari hamda 34 ta kafedrada 590 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy salohiyat 35,5 % tashkil etadi.
Joriy o‘quv yilida 10134 nafar, shundan: bakalavriaturaning 31 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha – 10000 nafar, magistraturaning 16 ta mutaxassisligi bo‘yicha - 134 nafar hamda 20 nafar tayanch doktorant va 13 nafar mustaqil izlanuvchi tahsil olmoqda.
Universitet qoshida 1 ta akademik litsey faoliyat ko‘rsatadi. Shu bilan bir qatorda "Axborot resurs markazi", "Axborot texnologiyalari markazi", "Noshirlik", "Qatag‘on qurbonlari xotirasi" muzeyi, "Viloyat mintaqaviy til o‘rganish", "Kurash", "Sog‘lomlashtirish", "Tikuvchilik" markazlari mavjud.
O‘quv jarayonini Davlat ta’lim standartlari talab darajasida olib borish maqsadida 17ta o‘quv laboratoriyalari, 6ta lingafon sinflari, ustaxonalar, tajriba ishlab chiqarish maydonchalari tashkil etilgan.
Universitetda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘quv yili davomida mutaxassislik, kompyuter savodxonligi va xorijiy tillardan qo‘shimcha darslar tashkil qilinib jadval asosida muntazam mashg‘ulotlar olib boriladi.
ARMda bepul Internet xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, ARMda videokonferensiya qurilmalari mavjud bo‘lib, o‘quv jarayonlarida foydalanilmoqda. ARMda 220 o‘rinli o‘quv zallari mavjud.
Axborot-resurs markazining umumiy kitob fondi 321983tani tashkil etadi. Shundan 70149tasi darslik va 73577tasi o‘quv qo‘llanmalardir. Fond 2018 yilda 4675 dona yangi kitoblar bilan to‘ldirildi.
Ta’limning sifat va samaradorligini oshirish uchun axborot resurs markazida 239 ta fandan elektron o‘quv-uslubiy majmualari jamlangan.
Zamonaviy axborot texnologiyasi va yangi pedogogik texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish uchun 18 ta elektron doska, 54 ta videoproektor o‘rnatildi. O‘quv jarayoniga 511 dona kompyuter, dekanat, kafedralar hamda bo‘limlarda 312 ta kompyuterlar foydalanilmoqda. Universitetda 686 dona kompyuter korporativ tarmoq hamda Internet tarmog‘iga ulangan. Hozirgi paytda universitetda foydalaniladigan internet tezligi 122 Mb/s, TASIX zonasidagi internet tezligi 160 Mb/s ni tashkil etmoqda.
 
[[Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar]]