François Quesnay: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
+img
File
Qator 1:
[[File:Quesnay Portrait.jpg|thumb|François Quesnay]]
[[File:Quesnay - Tableau economique, 1965 - 5891137.tif|thumb|''Tableau economique'', 1965]]
'''KENE (Quesnay) Fransua''' (1694.4.6, Mer, Parij yaqinida — 1774.16.12, Versal) — fransuz iqtisodchisi, fiziokratlar maktabi asoschisi. Tibbiyot d-ri (1744), qirol Lyudovik XV saroyida saroy vrachi boʻlgan. Tibbiyot va biol.ga oid asarlar yaratgan. 60 yoshida bevosita iqtisodiyot muammolari bilan shugʻullandi. K.ning don narxlari va soliqlarga bagʻishlangan dastlabki iqtisodiy maqolalari ("Fermerlar", "Don", "Soliqlar") D.Didro ensiklopediyasida bosilib chiqqan. Bu maqolalarda u Fransiya q.x. va Lyudovik XV iqtisodiy siyosatining ziddiyatlarini koʻrsatib beradi hamda q.x. ishlab chiqarishini tashkil etish va yuritish usullarini oʻzgartirish gʻoyasini olgʻa suradi. U oʻzining iqtisodiy dasturini keng umumlashtirilgan tarzda "Dehqonchilik davlati iqtisodiy siyosatining umumiy prinsiplari va ular toʻgʻrisidagi mulohazalar" (1758) asarida bayon qiladi. Bu asarida yer boylikning yagona manbai degan oʻzining asosiy gʻoyasini asoslaydi. "Xitoy despotizmi" asarida harajatlardan tashqari (chegirib) yaratilgan yangi boylik ("sof mahsulot") toʻgʻrisida fiziokratik taʼlimotni yaratadi. "Savdo toʻgʻrisida" asarida (1765 y.) merkantilizm maktabi qarashlarini tanqid qilib, boylikning savdoda, ayirboshlash jarayonida vujudga kelmasligini asoslaydi.