Vazir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
{{Maʼnolari|Vazir (maʼnolari)}}
'''Vazir''' (arab. — yuk koʻtaruvchi) — oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan [[Oʻrta Osiyo]] xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. Vazirlar podshoh, xon viloyat hokimligiga tayinlagan shahzoda va xonzodalarning yordamchilari hisoblangan. Arab xalifaligida V.Vazir lavozimini 1-bulib xalifa al-Mansur (754—775) joriy etgan. Somoniylar davrida 10 devon boʻlib, ularni xojayi buzurg , sohib barid, mushrif, vakil, muxtasib va b. vazirlar boshqargan. Amir Temur va uning vorislari zamonida saltanatning markaziy maʼmuriyatini bosh vazir — devonbegi boshliq 7 V. danVazirdan iborat arkoni davlat boshkargan. Ular: 1) mamlakat va raʼiyat ishlari, 2) harbiy ishlar, 3) ti-jorat, 4) moliya ishlari boʻyicha V. lar sanalib, yana 3 nafar maxsus V. chegara viloyatlari va tobe mamlakatlardagi ishlarni nazorat qilib turgan. Maz-kur 7 V. devonbegiga boʻysungan va ular bilan bamaslahat davlatning muhim moliyaviy ishlarini olib borishgan. Xiva xonligida V. yuqori mansabdor shaxs sanalib, vazifasi soliq toʻplash, qoʻshni xonliklar bilan aloqa qilish, amaldorlarni tayinlash va h. k. dan iborat boʻlgan.
 
Xoʻjalik yoki boshqaruvning alohida bir sohasiga rahbarlik qilib kelgan amaldorlarni sobiq shoʻrolar davrida komissar, ministr, ana shu boshqaruv orgamini esa komissarlik, mini-strlik soʻzlari bilan atash rasm boʻlgan edi. Bu atamalar Oʻzbekistonda ham mustaqillik yillarigacha qoʻllanib kelinib, keyin vazir, vazirlik istilohlari bilan almashtirildi.