Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tegel (munozara | hissa)
k 185.139.136.73 tahrirlari Nataev versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Marksizm''' — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va boshqalar), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va boshqalar), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va boshqalar) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm xdqidagi soxta taʼlimotnitaʼlimotini ishlab chiqdilar.
 
M.da moddiy ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari jamiyatning negizi sifatida karaladi. M. xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatda ishlab chiqarishning ijtimoiy va oʻzlashtirishning xususiy harakterga ega ekanligiga tayanib, ijtimoiy inqilob toʻgrisidagi qonunni asoslashga urinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, sinfiy kurash bilan bogʻliq nazariyani ilgari suradi. Jamiyat tari-xiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaraydi. M.ga kura, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi. Proletariat diktaturasining maqsadi esa sinfsiz jamiyat qurishdan iborat deb hisoblaydi. M. ishlab chikarish vositalariga faqat ijtimoiy mulkchilikni tan oldi, boshka mulk shakllarini inkor etdi. Xususiy mulkni barcha ijtimoiy illatlarning asosiy sababi degan notoʻgʻri qarashni ilgari suradi.