Vena (shahar): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 34:
| ilovalar =
}}{{Maʼnolari|Vena (maʼnolari)}}
'''Vena''' — [[Avstriya]] poytaxti[[poytaxt]]i. Dunay daryosi boʻyida. Alp togʻlarining Shimoli-sharqiy tarmogʻi — Vena Oʻrmoni (Vinervald) togʻi etagida joylashgan. Aholisi 1,6 mln. dan ziyod kishi (1990 yillar oxirlari). Venada yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 1,5°, baʼzan — 12° dan —18° gacha sovuqlar ham boʻlib turadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 20°.
 
1-asrda Vena oʻrnida Rim legionlarining lageri (Vindobon) boʻlgan. Manbalarda Vena nomi dastlab 881, soʻngra 1030 yildan tilga olinadi. 12-asr oʻrtalaridan Avstriya gersoglarining qarorgohi. 16-asrdan koʻp millatli Avstriya-Gabsburglar davlatining poytaxti. Vena 18—19-asrlardan Yevropa madaniyati (ayniqsa musiqa madaniyati)ning yirik markazlaridan biri. 1805—06 va 1809 yillarda V.ga Napoleon 1 qoʻshinlari bostirib kirgan. 1814—15 yillarda Vena kongressi chaqirilgan. 1848—49 yillarda Vena revolyutsion kurash markazi. 1867—1918 yillarda Vena Avstriya-Vengriya poytaxti. 1938 yil martda nemis qoʻshinlari Avstriya-ni, shu jumladan Venani ham egalladi. 1945 yil 13 aprelda fashistlardan ozod qilindi, oʻsha yili iyulda Venada Avstriyaning okkupatsiya zonalari va Venani idora qilish haqidagi bitimlar imzolandi. 1955 yil mayda Venada mustaqil va demokratik Avstriyani tiklash haqidagi davlat shartnomasi imzolandi, oktabr da Avstriya parlamenti Avstriyaning doimiy betarafligi haqida qonun qabul qildi. Vena Avstriyadagi eng yirik, Yevropadagi muhim transport yoʻllari tuguni. Shvexat xalqaro aeroporti bor. Vena mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi, yirik daryo porti. Mamlakatdagi sanoat ishlab chiqarishning qariyb yarmi Venaga toʻgʻri keladi. Mashinasozlik, (elektrotexnika, transport mashinalari), kimyo, tikuvchilik, poyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Eksport uchun kiyimbosh, poyabzal, musiqa asboblari va b. ishlab chiqariladi.