Burgut: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Mahufi (munozara | hissa)
+
Ercé (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 17:
}}
[[File:GoldenEagle-Nova.jpg|300px|right|thumb|Burgut]]
[[File:Aquila chrysaetos MHNT.ZOO.2010.11.88.3.jpg|thumb| ''Aquila chrysaetos'']]
'''Burgut''' — (Aquila chrysaetos) — yirtqichlar turkumining qirgʻiylar oilasiga mansub qush. B. yirik, chaqqon va kuchli. Tanasining uz. 95 sm gacha. Qanoti 62—72 sm, yoyganda 2 m ga yetadi. Orqa oyogʻi barmogʻidagi tirnogʻining 4,2 sm dan uzunroq boʻlishi oʻziga xos belgilaridandir. Pat rangi toʻq qoʻngʻir, boshi malla. B. Yevropa, Osiyo va Shim. Amerikada keng tarqalgan. Oʻrta Osiyoda oʻtroq yashandi. Togʻ va choʻllarning odam yashamaydigan uzoq joylarida, qoyalar orasida, saksovulzorlarda uchraydi. Togʻ, choʻl va suv B.i boʻladi. B. monogam qush. Nari bilan modasi doim birga boʻladi. Biri oʻlsagina ikkinchisi oʻziga boshqa sherik axtaradi. Uyasini odam chiqa olmaydigan yerlarga xaschoʻp va lattaputtalardan quradi. Odatda, bir-biriga yaqin 2—3 uyasi boʻlib, bittasidan foydalanadi. Xira oq va qoʻngʻir xollar bilan qoplangan 1—2 ta tuxum qoʻyadi. Joʻjasini boqishda nari ham ishtirok etadi. B. parrandalar (kaklik, dudoq), yumronqoziq, toshbaqa, quyon va boshqa hayvonlar bilan oziqlanadi. B. joʻjasini uyadayoq ovga oʻrgata boshlaydi. Oʻrta Osiyoda B.ning yosh joʻjasini qoʻlga oʻrgatishadi. Voyaga yetganida uni quyon, tulki va hatto boʻri oviga olib chiqishadi. B. oʻljasini uzoqdan yaxshi koʻradi va tez uchib borib unga tashlanadi. Kemiruvchilarni qirib, qishloq xoʻjaligi ga foyda keltiradi. B. Oʻzbekiston va boshqa davlatlar Qizil kitobiga kiritilgan.