Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Aybeg (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 15:
 
== Qurʼonning tuzilishi ==
Qurʼonning boʻlimlari [[sura]] deyiladi, uni shartli ravishda bob bilan taqqoslash mumkin. Har sura [[oyat]]larga boʻlingan. Qurʼon 114 sura, 6236 oyatdan iborat. Har bir suraning oʻz nomi bor. Oyatlar esa tartib raqami bilan berilgan. Suralarning nomlari uning boshida kelgan soʻzdan olingan yoki zikri koʻproq kelgan narsalar, voqealar yohud asosiy qahramon nomi bilan atalgan. Keyinchalik oʻqish va yodlash oson boʻlishi uchun Iroq hokimi [[Hajjoj ibn Yusuf]] (hukmronlik yillari 694—714) koʻrsatmasiga binoan Qurʼon 30 qism ({{lang-ar|[[juz]]}}, {{lang-fa|pora}})ga boʻlingan. Qurʼonda birinchi kelgan „[[Fotiha surasi|Fotiha]]“ surasidan keyingi suralar katta, oʻrtacha va kichik suralar tartibida joylashgan. 2-[[Baqara surasi]] 286 oyatdan, eng qisqa [[Kavsar surasi]] 3 oyatdan iborat. Eng qisqa oyatlar „Toho“ va „Yosin“, eng uzun oyat „Baqara“ surasining 282-oyatidir. Suralar nozil boʻlish vaqti va joyiga koʻra 2 ga: hijradan oldin nozil boʻlgan suralar — „Makka suralari“ (610—622 yillar, 9086 sura) va hijradan keyin nozil boʻlgan suralar — „Madina suralari“ (622-yildan, 2428 sura) ga ajratiladi.
 
Qurʼon matnining koʻp qismi Alloh bilan soʻzlashish, islom dushmanlari yoki undan ikkilanuvchilar bilan munozara qilish shaklida berilgan.