Ibrohim: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Replaced content with "== Manbalar == {{manbalar}} Turkum:Paygʻambarlar"
Teglar: Almashtirildi Mobil qurilma orqali Mobil ilova orqali Android-ilova orqali
Tegel (munozara | hissa)
k 185.139.136.64 tahrirlari 185.163.27.138 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Ibrohim''' — [[Qurʼon]]da nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri, oʻzidan keyin oʻtgan barcha paygʻambarlarning bobokaloni, arablar va yahudiylarning umumiy ajdodi. Allohning chin doʻsti (xalilullox,), imom, siddiq va hanif deb taʼriflanadi. Yahudiy-xristian diniy adabiyotlarida Avraam nomi bilan maʼlum. Bobilda tavallud topgan. Avvaliga yulduz, oy, quyoshga sigʻinmoqchi boʻlgan, keyin yolgʻiz Allohga ibodat qila boshlagan. Otasi Ozor va qavmlarni ham ana shunga daʼvat qilgan. Ular bilan bahslashgan, ammo ishontirolmagach, otasi va qavmlari sigʻinib yurgan hamma butlarni sindirib tashlagan. Shu sababli uni yondirib yubormoqchi boʻladilar. Ammo u Alloh irodasi bilan olovdan sogʻ-salomat chiqqanligi Qurʼ-onda bayon qilingan.
 
Qurʼonda yozilishicha, Alloh I. ga qariganda ikki farzand bergan. Bular Ismoil va Is’hoq (as) lardir. Ismoil (as) Muhammad (sav)ning katta bobosi, Ishrq esa, Iso (as) va undan avval oʻtgan paygʻambarlarning katta bobosidir. Makkai mukarramada Baytulloh (Allohning uyi) ning bunyod boʻlishi, islom arkonlarining 5farzi — haj qilish I.ga borib taqaladi. Kaʼbadagi "I. joyi" ("I. maqomi") musulmonlar ziyoratgoqidir. Diniy adabiyot yagona xudoga eʼtiqod qilish, qurbonlik uchun odam oʻrniga jonivor soʻyish, xatna qilishni I. (as) nomi bilan bogʻlaydi.
 
Manbalarda I.ning 175 yil umr kurganligi, oʻgʻillari uni Madinatul Xalil (Xevron, Falastin) ga dafn etganligi yozilgan. Bu qabr ziyoratgoh hisoblanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}