Muhammad Fuzuliy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 45:
 
=== Layli va Majnun ===
[[Fayl:Story of Mejnun - in wilderness.jpg|thumb|left|Tanho Majnun, XV asrda noma’lum rassom tomonidan chizilgan.]]
Layli va Majnun [[Afsona|afsonasi]] haqida ko’pgina poemalar yozilgan. Lekin Fuzuliyning “Layli va Majnun” poemasi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Muallif o’sha davrning patriarxal madaniyatini, uning ob-havosini har tomonlama va ochiq-oydin ravishda izohlab bergan. Layli va Majnun timsolida insonga, hayotga va sevgiga yangi munosabat ifodalangan. Layli va Majnun yangi inson idealining, inson haqidagi yangi qarashlarning eski qarashlar va ziddiyat bilan to’qnashuvini aks ettiradi. Bu to’qnashuv eski qarashlarning, tushunchalarning tarix sahnasidan chiqish vaqti yaqinlashganini ko’rsatadi. Lekin bu eski qarashlar hali shuurlardan o’chmagan. Unga qarshi har bir chiqish, har bir harakat ahmoqlik, beaqllik, majnunlik hisoblanadi. Xoh qiz, xoh o’g’il farzand kimnidir tanlashi, kimnidir yoqtirishi hali ham ota haqlarini toptalash, davrning odat-an’analariga qarshi borish sifatida qabul qilinadi.