Burundi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (via JWB)
Qator 40:
 
=== Me’morligi va tasviriy san’ati ===
Xalqning turar joylari aksariyati xodachalardan sinch qadalib, orasiga shoxshabba, qamish va xashak o‘rab yasalgan yumaloq kulbalardan iborat, tomi ham xashak bilan yopiladi. Kulba ichi qamish bordon bilann bo‘linadi. Qishloq qo‘rg‘onlari tepalnklar va qir yon bag‘irlariga tarqoq holda joylashgan. 50- yillardan to‘g‘ri burchakli, peshayvon va derazali turar joylar paydo bo‘ldi. Tomini qo‘sh nishabli qilib yopish odat tusiga kirdi. Bujumbura shimolidashimolda zamonaviy yevropacha binolar qurila boshladi. Badiiy hunarmandchilikda bo‘yra, savat, idish, qopqoq kabi turli hajm va shakldagi narsalar to‘qish rivojlan’ gan. Buyumlar har xil naqshlar bilan bezatiladi. Yog‘ochdan odamlar va hayvonlarning haykallarini, qalqon va o‘qdonlarni, g‘iloflarni yasaydilar.
== Musiqasi ==
Burundi an’anaviy musiqiy madaniyati qo‘shiqjanrlari, cholg‘u asboblari ijro uslubi xilma - xilligi bilan ajralib turadi. Turli rasmrusumlar, dafn marosimi va farzand tug‘ilishiga bag‘ishlangan o‘ziga xos musiqalar mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgach, san’at an’analari muntazam ravishda o‘rganila boshladi, bir necha ashula va raqs ansambllari tuzildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>