Myanma: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
k (via JWB)
Qator 2:
{{Burma_info}}
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Myanma''', Myanma Ittifoqi Respublikasi (Republic of the Union of Myanmar) — Janubiy-SharkiySharqiy Osiyoda, Hindixitoy yarim orolning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni 678,5 ming km². Aholisi 42 mln. kishi (2002). Poytaxti — Yangon shahri Maʼ-muriy jihatdan 7 millim viloyat va 7 maʼmuriy viloyatga boʻlinadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 8:
 
== Tabiati ==
Myanma — asosan, togʻli mamlakat. Eng baland joyi 5881m (Khaqaborazi togʻi). Sharqida Shan togʻligi va uning dengiz boʻyigacha choʻzilgan tizmalari, gʻarbida Rakxayn (Arakan-Yoma), Patkay va boshqa tizmalar bor. Togʻlarning zamini kembriygacha paydo boʻlgan kristalli va choʻkindi jinslardan tarkib topgan. Iravadi tekisligi quruqlik, daryo, koʻl va dengiz yotqizik^lari qoplagan depressiyadan iborat. Muhim qazilma boyliklari: neft, qalay, volfram, kumush, mis, qimmatbaho toshlar, qoʻrgʻoshin va pyx, tabiiy gaz va boshqa Iklimi issiq, oʻzgaruvchan nam iqlim. Eng issiq oy — aprelning oʻrtacha temperaturasi 30—32°, yanvar niki 13—15° dan (shimolidashimolda) 20—25° gacha (janubidajanubda); togʻlarning shamolga roʻpara yon bagʻirlariga 6000– 6500&nbsp;mm gacha yogʻin tushadi. Seryogʻin oylari iyun—oktabr Mart va aprel eng qurgʻoqchil va issiqoylardir. Daryolari musson yomgʻirlari mavsumida toʻlib oqadi. Har yili toshqinlar boʻlib turadi. Eng katta daryolari — Iravadi, Saluin. Koʻl kam, eng yirik koʻli — Inle. Togʻli joylarda tarkibida oziq moddalari kam oʻrmon tuproklari, sariq-qoʻngʻir va kizil tuproklar tarqalgan. Qurgʻoqchil markaziy viloyatlarda yuvilgan qizgʻishqoʻngʻir tuproklar, savanna tuproklari, shuningdek, jigarrang tuproklar koʻproq uchraydi.
 
Hududining 60% oʻrmon. Togʻlarning seryogʻin quyi mintaqalarida doim yashil tropik oʻrmonlar (palma, bambuk, kashtan, sarv, qaragʻay va boshqalar), yuqorirokda dub, 1200 m dan boshlab igna bargli oʻrmonlar, butazorlar, oʻtloklar, tekisliklarda barg tashlaydigan tropik oʻrmonlar, ayrim joylarda tik daraxti oʻrmonlari, savannalar, daryo deltalari hamda sohillarida mangra chakalakzorlari bor. Hayvonlardan maymun, bugʻu, tapir, jayra, pantera, mangusta, yoʻlbars, boʻrsiq, fil va ayiklar yashaydi. Har xil parranda, sudralib yuruvchilar va baliq koʻp.
Qator 16:
 
== Tarixi ==
Myanmadagi eng qad. arxeologiya yodgorliklari quyi paleolit davriga oiddir. Neolit davrida hozirgi mon xalq-ining ajdodlari — monkxmerlar qabilasi yashagan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikda shimolidanshimoldan tibetbirma qabilalari kelib oʻrnashgan. Mil. boshlaridan bu yerda shahardavlatlar paydo boʻla boshladi (Arakan, Shrikshetra, Ramanadas va boshqalar). 7—9-asrlarda Iravadi vodiysiga. Xitoyning shimoli-gʻarbi va janubiy -gʻarbidan hozirgi myanmaliklarning ajdodlari koʻchib kelgan. Myanmalar 9— 12-asrlardan bir butun xalq sifatida tashkil topa boshladilar. 11 —13-asrlarda Myanma hududida Pagan davlati mavjud boʻlib, budda dini qaror topdi. Arxeologiya qazilmalari va tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, Pagan davlatida dehqonchilik, hunarmandchilik, diniy adabiyot, musiqa, sheʼriyat, naqqoshlik sanʼati, meʼmorlik rivoj topgan. 13-asr oxiriga kelib, Pagan davlati tanaz-zulga uchray boshladi. Ichki ziddiyatlar, oʻzaro nizo va janglar, moʻgʻullar bosqini Pagan inqirozini tezlashtirdi. Myanma yana mayda davlatlarga boʻlinib ketdi. 14—17-asrlarda tarqoq davlatlar oʻrtasida kurash kuchayib, natijada Ava davlati boshqa davlatlar ustidan gʻolib chiqdi. 16-asrdan Myanmada yevropalik (por-tugalportugal, golland, ingliz) savdogarlar va istilochilar paydo boʻldi.
 
18-asr 2-yarmida yuqori Myanmada Konbaunlar davlati paydo boʻldi. U qoʻshni mayda davlatlarni oʻziga boʻysundirdi. Konbaunlar davlatida tarqoqlik tugatildi. Barcha yerning davlat mulkiga aylanishi markazlashgan hokimiyatning asosiy moddiy negizi boʻlib qoldi. Konbaunlar davlati Hindixitoydagi eng kuchli davlatga aylandi. 1785 yilda Arakan, 19-asr 1-yarmida Manipur va Assam Myanmaga qoʻshib olindi. Bu davrda madaniyat, sanʼat va adabiyot rivojlandi. Hashamatli qasr va saroylar, ma-hobatli budda ibodatxonalari qurildi, birinchi teatr, bosmaxona tashkil etildi. 19-asr dan ingliz mustamlakachilari Myanmani bosib olishga kirishdilar. 1824 yil 5 martda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi Myanmaga qarshi urush boshladi. Arakan, Tensarim viloyatlarini bosib oldi. Pekin inglizlar kattik, qarshilikka duch kelib, urushni davom ettirolmadilar. 1852 yil mamlakatda mon, shan va karen xalqlari gʻalayon koʻtardi. Shu vaqtda Ost-Indiya kompaniyasi Myanmaning Pegu viloyatini egalladi. 1885 yil inglizlar mustaqil Ava davlatini yengib, butun Myanmani oʻz mustamlakasiga aylantirdi va uni Britaniya Hindistoni tarkibiga qoʻshib oldi. Mustamlakachilar barcha hosildor yerlarni tortib olib, milliy boyliklarni taladi. Bunga javoban milliy ozodlik harakati avj oldi. 1920 yil talabalarning Yangondagi birinchi gʻalayoni myanmalarning milliy ozodlik qarakati rivojlanishiga turtki boʻldi. 1930—32 yillarda mustamlakachilar va mahalliy hukmdorlarga qarshi katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Milliy ozodlik harakati 30-yillarning 2-yarmida butun mamlakatga yoyildi.
Qator 29:
Myanma — agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligining ulushi E,7s, sanoatning ulushi — 8,7%. Kddimdan sholi yetishtirish bilan mashhur (yiliga 13 mln. tonna). Aholining 2/3 qismidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligida band.
 
Qishloq xoʻjaligi Myanma iqtisodiyotining negizidir. Sholikorlik, asosan, Myanma janubidajanubda rivojlangan. Bugʻdoy, tariq, makkajoʻxori, yer yongʻoq, kunjut, dukkakli ekinlar ham yetishtiriladi. Bogʻlar (sitrus mevalar, banan, ananas, mango), poliz ekinlari, choy plantatsiyalari, shakarqamish, tamaki, gʻoʻza ham anchagina maydonni egallaydi. Ayrim qishloq xoʻjaligi ekinlaridan 2—3 marta hosil olinadi. Chorvachiligida koramol, choʻchqa, parranda boqiladi. Koramol va fillardan oʻrmonlarda yogʻoch tashishda foydalaniladi. Ichki suv havzalari va dengizda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho (ayniqsa, tik va kauchuk) daraxtlar koʻp.
 
Sanoatida konruda, neft qazib olish, energetika, oziq-ovqat va toʻqimachilik tarmoqlari asosiy oʻrin oladi. Qoʻrgʻoshinrux kombinati, neftni qayta ishlash va metallurgiya zavodlari bor. Yiliga oʻrtacha 3 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Iravadi daryosining yuqori oqimi, Rakxayn (Arakan) tizmasi, Pegu togʻlari, Shan platosining gʻarbiy va janubiy qismlarida yogʻoch tayyorlanadi. Dengiz portlari va yogʻoch oqiziladigan daryo boʻylarida taxta tilish va yogʻochsozlik korxonalari qurilgan. Neft, tabiiy gaz, kumush, qalay, rux, mis, qoʻrgʻoshin va qimmatbaho tosh qazib olinadi. Asosiy sholi oqlash markazlari: Yangon, Basseyn, Pegu, Xintada, Molamyan. Toʻqimachilik sanoati Yangon, Inseyn va Meyt-xiladagi davlat va xususiy korxonalardan iborat boʻlib, ularda shoyi va ip gazlama, qopqanor, neylon gazlamalar ishlab chiqariladi. Kemasozlik, avtomobil va traktor yigʻish, sement va sovungarlik zavodlari bor. Hunarmandchilik rivojlangan.