Kaʼba: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Ximik1991 (munozara | hissa)
kTahrir izohi yoʻq
S.a.v so’zi payg’ambarimiz ismlari yozilganda qo’shib yoziladi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 7:
K. islomdan ilgari ham arab qabilalarining muqaddas ibodatxonasi hisoblangan, unda qabila xudolarining 360 sanami saqlangan. Har yili arab qabilalari K.ga haj qilishga kelib turganlar. Haj qilish odati keyinchalik islomga ham oʻtgan.
 
K. ibodatxonasining qurilishi haqida turli rivoyatlar bor. Aytishlaricha, Odamato Baytullohni bunyod etgan, keyin uning oʻgʻli Shis qurgan. Toʻfon paytida K. havoga koʻtarib qoʻyilgan. Keyin yana buzilgan. Ibrohim (asa.s.) Makkaga oʻz oʻgʻli Ismoilni olib kelganda Alloh unga K. poydevorini tiklashni buyurgan. Ibrohim (a.s.)Alloh amrini bajargan va Allohga sigʻinuvchi barcha odamlarga uni ziyorat qilishni vasiyat etgan. K.ga keyin Makkaning jurhum, xuza, quraysh qabilalari navbatma-navbat qarab turishgan. K. bir necha bor sel va toshqinlardan zarar koʻrgan. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (savs.a.v) bu yerda taʼmirlash ishlarida qatnashgan va oʻsha vaqtda birinchi bor unga vahiy kelgan.
 
K. Yasrib (Madina)da qibla deb eʼlon qilingach (bungacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi), uning ahamiyati juda oshib ketdi. K. islomning din sifatida shakllanishida katta rol oʻynadi. K.ni dinsizlardan ozod qilish va uni sanamlardan tozalash MuhammadningMuhammad (s.a.v)ning zimmasiga tushdi, ungacha bu vazifani Ibrohim (as) bajargan edi. Muhammad (s.a.v)boshchiligidagi musulmonlar 629 y. Makkaga kichik haj qilishdi, 630 y. Makkani egallashdi va K. atrofidagi sanamlar, uning ichidagi Xubal deb atalgan butni, yozuvlarni yoʻq qilishdi. Shu yili Abu Bakr (ra) rahbarligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etildi. Butparastlarga haj qilish man etildi. 631 y. Muhammad (s.a.v)oxirgi marta haj ziyoratchilariga boshchilik qildi.
 
Xalifa Umar (ra) davrida K. yonidagi uylar buzib tashlandi va uning atrofida Harom masjidi qurildi. 683 y. K.ni umaviy qoʻshinlari oʻqqa tutdi. Keyin u kayta tiklanib, kengaytirildi. 929 y. Makkani qarmatlar bosib oldi va "qora tosh"ni olib ketishdi. Oradan 20 y. oʻtgach, bu toshni qaytarib olishga muvaffaq boʻlindi. Asta-sekin K. tevaragida turli inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. Ular saudiy hukmdorlar 20-asrning 50—60-y.larida olib borgan katta taʼmirlash vaqtida olib tashlandi. 1980 y. Makkadagi masjid va K.ni bir guruh ekstremist isyonchilar bosib oldi. 2 haftadan soʻng masjid tozalanib, isyonchilar tor-mor qilindi.
Qator 15:
K. butun dunyo musulmonlarining eng muhim markazi va birligi ramzi boʻlib keldi, hozir ham shunday boʻlib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida rolini tan oladilar. Har yili dunyoning hamma chekkalaridan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun bu yerga keladilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
 
== Manbalar ==