Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Seysmologiya instituti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Seysmologiya instituti''', Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Gʻ. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti''' — zilzilalar, ularning sodir boʻlish sabablari va oqibatlari, ularni oldindan bilish va boshqa seysmik masalalar bilan shugʻullanadigan ilmiy tadqiqotlar muassasasi. 1966 yil tashkil etilgan, 1990 yil unga [[Mavlonov G'ani Orifxonovich|Gʻ. O. Mavlonov]] nomi berilgan. Institut olimlari zilzila darakchilarini oʻrganish asosida zilzila sodir boʻlishini oldindan bilish, seysmik hududlashtirish va mikrohududlashtirishning ilmiy asoslari va usullarini yaratish, texnogen seysmiklik, seysmik xabarni baholash borasida ilmiy va amaliy ishlar olib boradi. Institut tarkibida 11 ta ilmiy tadqiqotlarlaboratoriya (hududiy seysmiklik va seysmik hududlashtirish; seysmotektonika; geodinamika; hududiy muhandislik geologiyasi; gidrogeoseysmologiya; geofizik maydonlar oʻzgarishi; muhandislik seysmologiyasi; zilzila oʻchogʻi fizikasi, texnogen seysmiklik, matematik modullash va seysmik izlanishlarni avtomatlashtirish), kompleks ekspeditsiya, geografiya boʻlimi, ilmiy texnika maʼlumotlari va patentlitsenziya boʻlimlari, kutubxona (50 mingga yaqin asar), F. O. Mavlonov muzeyi (1990) bor. Shuningdek, institut tarkibida "Toshkent" markaziy seysmik styasi (1901), Parkent magnitoionosfera rasadxonasi (1924), respublikaning barcha viloyatlarida joylashgan 22 ta seysmik, 10 ta kompleks prognoz va 32 ta turli kuzatuv stansiyalari mavjud. Institut olimlari tomonidan Oʻzbekiston xududi umumiy va mukammal seysmik hududlashtirish, koʻpgina shaharlar, yirik gidrotexnika inshootlari va qurilish maydonlarini hududlashtirishning haritalari tuzildi, 1966 yilgi Toshkent zilzilasi sabablari ilmiy jihatdan oʻrganiddi, zilziladan oldin yer osti suvlari tarkibidagi gaz va turli kimyoviy elementlar miqdori oʻzgarishi kashf etildi, yer osti suvlaridagi radon gazi miqdorini oʻlchaydigan asbob yaratildi va boshqa Institutda 370 xodim, jumladan, 2 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad., 15 fan doktori va 30 fan nomzodi ishlaydi. Institut faoliyati F. O. Mavlonov, Q. N. Abdullabekov. A. N. Sultonxoʻjayev, V. I. Ulomov, M. X. Boqiyev, S. M., Maqsudov, R. N. Ibrohimov, S. M. Qosimov va boshqa olimlar nomi bilan bogʻliq.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi]]
 
[[Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi]]
[[Turkum:Institutlar]]
 
 
{{University-stub}}