Tunlamlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Loopy30 (munozara | hissa)
qo'shilgan rasm. #WPWP
Loopy30 (munozara | hissa)
fix image.
Qator 1:
'''Tunlamlar''', tungi kapalaklar ({{lang|la|Noctuidae}}) — [[tangaqanotlilar]] [[turkum]]iga mansub [[hasharotlar]] [[oila (biologiya)|oila]]si. 25 mingga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i maʼlum. [[Kapalaklar]]i oʻrtacha va mayda (3—5 sm), krramtir, oldingi [[qanot (biologiya)|qanot]]larida bir xil naqshi bor, qorni tuklar bilan qoplangan. Kapalaklarning ogʻiz apparati soʻruvchi, [[qurt]]lariniki kemiruvchi tipda. Qurtlarining koʻpchiligi yalangʻoch, gʻumbagi qizgʻishjigarrang yoki qoʻngʻir. Kapalaklari gul va daraxt shirasi bilan oziklanadi. Yangi qoʻygan tuxumi sargʻimtiroqish. Qurtlarida 3 juft koʻkrak oyogʻining birinchi boʻgʻimida va 10 juft qorin oyogʻining 1—8 boʻgʻimida nafas olish teshigi joylashgan. T., asosan, kechasi uchadi. Oʻsimlik qoldiqlari yoki tuproqqa 300 tagacha tuxum qoʻyadi. Baʼzi T. qurtlari tuproqda yashab, oʻsimlik ildizlari yoki poyasining ildiz boʻgʻizlarini kemiradi (mas., koʻk qurt tunlami, undov tunlami). Ayrimlari oʻsimlik bargi, shonasi, guli, koʻsagiga zarar yetkazadi (mas., [[karadrina]], [[koʻsak qurti]], beda tunlami va boshqalar).
[[File:Acronicta megacephala01.jpg|thumb|''Acronicta megacephala'']]
 
Hammaxoʻr T.dan karam tunlami [[karam]], [[lavlagi]], [[noʻxat]] va boshqa ekinlarni; jan.da tarqalgan koʻsak qurti va karadrina [[gʻoʻza]], [[makkajoʻxori]], noʻxat, [[pomidor]] va boshqalarni; [[Uzoq Sharq]] va [[Oʻrta Osiyo]]ning jan.ida tarqalgan oʻtzor tunlami, asosan, turli ekinlarni, markaziy rnlarda uchraydigan gamma tunlami zigʻir va lavlagini; [[kuzgi tunlam]] qand lavlagi va [[Kuzgi ekinlar|kuzgi]] [[gʻalla ekinlari]]ni; [[Janub tunlami|janub yoki yovvoyi tunlam]] — [[sabzavot]] va boshqa ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyoda uchraydigan mingdevona T.i, shuvoq T.i, janub poya T.i va boshqa ekinlarga koʻp zarar keltiradi.