Maxwell tenglamalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
[[fr:Équations de Maxwell]]
'''Maksvell tenglamalari''' - bu elektromagnit maydon hamda uning vakuum va muhitdagi elektr zaryadlari va oqimlari bilan bog'liqligini tavsiflovchi differensial yoki integral shakldagi tenglamalar sistemasi. Elektromagnit maydonning zaryadlangan zarralarga ta'sir o'lchovini aniqlaydigan Lorentz kuchining ifodasi bilan birgalikda bu tenglamalar klassik elektrodinamikaning to'liq tenglamalar sistemasini hosil qiladi, ba'zan uni Maksvell - Lorentz tenglamalari deb atashadi. XIX asrning o'rtalarida to'plangan eksperimental natijalar asosida Jeyms Klerk Maksvell tomonidan tuzilgan tenglamalar nazariy fizika tushunchalarining rivojlanishida muhim rol o'ynadi va nafaqat elektromagnetizm bilan bevosita bog'liq bo'lgan fizikaning barcha sohalariga, balki ko'plab fundamental sohalarga ham kuchli, hal qiluvchi ta'sir ko'rsatdi.
== Tarixi ==
 
[[Jeyms Klerk Maksvell|Jeyms Klerk Maksvell]] tomonidan tuzilgan tenglamalar XIX asrning boshlarida amalga oshirilgan bir qator muhim eksperimental kashfiyotlardan kelib chiqqan. 1820-yilda [[Xans Kristian Ersted|Xans Kristian Ersted]] o`tkazgich simdan o'tgan galvanik oqim magnit kompas ignasini burilishiga olib kelishini aniqladi. Ushbu kashfiyot o'sha davr olimlarining e'tiborini tortdi. Xuddi shu 1820-yilda Biot va Savard eksperimental ravishda oqim tomonidan hosil bo'lgan magnit induksiya uchun ifodani topdilar ([[Biot - Savard qonuni|Biot - Savard qonuni]]) va shuningdek, [[Andre Mari Amper|Andre Mari Amper]]o`zaro ta'sir, bir-biridan qandaydir masofada joylashgan o`tkazgichlar orqali tok o`tishi hisobiga vujudga kelishini aniqladi. Amper "elektrodinamik" atamasini kiritdi va tabiiy magnetizm magnitda aylanma toklarning mavjudligi bilan bog'liq degan fikrni ilgari surdi.