Facebook: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
→‎Tarixi: Xatoni tòģirladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
→‎Tarixi: Xatoni tòģirladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 30:
Ijtimoiy tarmoqqa aʼzo boʻlish Harvard talabalari uchun avvaliga cheklangan boʻlib, cheklov olingandan soʻng undan universitetning yarmidan koʻp talabalari roʻyxatdan oʻtishadi. Tez orada saytning faoliyat yuritishida Zukerbergga yordam uchun, moliyaviy direktor — Eduardo Saverin, dasturchi — Dastin Moskovits, badiiy rassom — Endryu Mak-Kolum va Kris Hyuzlar qoʻshiladi. Avvaliga thefacebookdan faqat Harvard universiteti talabalarigina foydalana olishardi holos. 2004-yilning mart oyidan boshlab Thefacebook Stenford, Yelya va Kolumbiya universitetlarigacha, keyinchalik Ligi Plyusha, Boston, Nyu-York universitetlarida va Massachustet texnologiya institutida, shuningdek [[AQSH]] va [[Kanada]]ning koʻpgina oliygohlarida ommalshib ketdi. Saytdan AQSHning har qanday .edu elektron manzil domeni boʻlgan taʼlim muassasasi foydalanish huquqini qoʻlga kiritdi.
 
2004-yilning iyun oyida Facebook Palo-Alto (Kaliforniya)ga koʻchib oʻtadi. Bu yerlarga kelishdan oldin, Zukerberg va Saverin Manxettandagi Xitoy restoranlaridan birida Shon Parker bilan tanishib qolishadi. Bir necha haftadan soʻng esa esa ular Shon Parker bilan Palo-Altoda uchrashib qolishadi. 2004-yilning oʻrtalarida Facebook kompaniya sifatida roʻyxatdan oʻtadi va Parker uning birinchi prezidenti lavozimini egallaydi. Oʻsha oyning oʻzida „PayPal“ tizimi asoschisi Piter Til saytga investitsiya kiritadi. Aynan Shon facebook uchun Piter Til va Rid Hoffman kabi investorlarni jalb qilgan. Parkerning investitsiya kiritishdan koʻzlagan maqsadi, Mark uchun direktorlar kengashidagi joriy 5 ta joyni 3 taga kamaytirish boʻlgan. Piter Tilning aytishicha Shon, kompaniyadagi u koʻrgan birinchi potensial inson ekan. „Mark, Shondan zarracha shubhalangan paytlarda, Shon bu shubhalarni darhol bartaraf qilar edi“ deydi Piter Til. Piter Facebookni 2005-yilda tark etadi. Biroq, Zukerber bilan muntazam koʻrishib turadi.
2005-yilda kompaniya oʻzining nomidagi „The“ artiklini olib tashlab, facebook.com domenini 200 000 AQSH dollariga sotib oladi. 2006-yilning sentyabr oyidan esa sayt har qanday 13 yoshdan oshgan va elektron manzili boʻlgan foydalanuvchilar uchun saytda roʻyxatdan oʻtishga ruxsat berdi.
2007-yilning 26-sentabr kuni [[Microsoft]] Facebook kompaniyasini 15 milliard [[AQSH dollari]]ga baholab, 1,6 foiz aksiyasini 240 million AQSH dollariga qoʻlga kiritdi. Bu bilan Microsoft Facebook orqali xalqaro eʼlonlarni chop etish huquqini qoʻlga kiritdi. Bir yil oʻtib oktabr oyida Facebook Dublinda oʻzining xalqaro shtab kvartirasini ochganligini eʼlon qildi. 2009-yiling sentabr oyida saytning sof daromadi eʼlon qilindi. 2010-yilning noyabr oyida esa SecondMarket Inc maʼlumotlariga asoslanib, kompaniya 41 milliard AQSH dollariga baholandi. Bu Facebook AQSHdagi enf yirik internet-kompaniyalari orasida, [[Google]] va [[Amazon]]dan soʻng uchinchi oʻrinni egallaydi degani. 2011-yilning 2-yanvarida The New York Times gazetasi maʼlumotlariga koʻra Facebook 50 milliard AQSH dollariga baholandi.
 
Ayni damda (2012-yil 4-oktabr) Facebook foydalanuvchilari 1 milliardan oshib ketgan boʻlib,ular bu saytga kirib roʻyxatdan oʻtgan va unda hech boʻlmaganda bir oyda bir marta yoki muntazam „Like“ tugmalarini bosuvchilardir. 2012-yil mart oyida kuzatilgan natijalarga koʻra saytda bir sutkada 526 million foydalanuvchi muntazam va faol harakat qilgan. Facebookning mobil versiyasidan esa bir oy davomida 500 millionga yaqin inson foydalanadi. Shuningdek, sayt foydalanuvchilari kuniga 3,2 milliard marta „like“ tugmachasini bosishadi, oʻz izohlarini qoldirishadi va 300 million donaga yaqin rasmlar nashr qilishadi. Saytda, ayni vaqtda 125 milliard „doʻstlik munosabatlari“ qayd etilgan. Bu koʻrsatkich 2011-yil 31-dekabrga qadar 100 milliardni tashkil qilar edi. Kompaniyaning 2012-yilning I-kvartalidagi daromadi 1 milliard 58 million AQSH dollarini tashil qildi, bu summa avvalgi kvartalga qaraganda 6,5 foizga kamroqdir. Bundan kelib chiqadi, har bir Facebook foydalanuvchisi kompaniya uchun har kvartalda 1 AQSH dollaridan koʻproq pul ishlab berib, foyda keltirgan. Saytga joylashtirilgan reklamadan tushgan foyda kompaniyaga 872 million AQSH dollarini, ayrim manbalarda esa kamroq, 186 million AQSH dollarini olib kelgan. Facebookga eng koʻp tashrif 2011-yilning oktabr oyida qayd etilgan — 750 million foydalanuvchi. Sahifalar esa 1 trillion marta koʻrilgan.
 
== Manbalar ==