Basketbol: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Msingca (munozara | hissa)
Qator 12:
== Basketbol oʻyinchilarining pozitsiyalari ==
Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:
* Hujumkor himoyachi (''ing. Shooting guard, SG''); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, koʻplab basketbol afsonalari, masalan, [[MayklMichael Jordan]], [[RedjiReggie Miller]], [[KlaydClyde DrakslerDrexler]], [[OskarOscar Robertson]], [[JerriJerry UestWest]], [[Allan XyustonHouston]], [[Allan AyversonIverson]], [[KobiKobe BrayantBryant]], [[DueynDwayne UeydWade]] kabilar aynan hujumkor himoyachi boʻlishgan. Hozirgi kunda oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan [[JeymsJames XardenHarden]] va [[KleyKlay TomsonThompson]]ni ham alohida aytib oʻtish mumkin.
* Pleymeyker (''ing. Point guard, PG''); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu oʻyinchi orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va imkoinyatlarini oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish darajasi juda yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi hujumga oʻtib ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli boʻlishi ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng mashhur oʻyinchi bu [[MajikMagic JonsonJohnson]]dir. U 3 marta [[NBA]]ning eng qimmatli oʻyinchisi deb eʼtirof etilgan. Bunday unvonga yana [[OskarOscar Robertson]], [[Allen AyversonIverson]], [[StivSteve NeshNash]] va [[StefenStephen KerriCurry]]lar erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp samarali toʻp uzatishlar soni 15086 ga teng boʻlib, bu natija [[JonJohn StoktonStockton]] ga tegishli.
* Kichik hujumchi (''ing. Small forward, SF''); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek, maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun blok (''ing. Block shoot'') qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan [[LebronLeBron JeymsJames]], [[Kevin DyurantDurant]], [[SkottiSkotty Pippen]], [[KarmeloCarmelo EntoniAnthony]] va rossiyalik basketbolchi [[AndreyAndrei Kirilenko]] larni aytib oʻtish mumkin.
* Ogʻir hujumchi (''ing. Power forward, PF''); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni savatga [[slem-dank]] koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan [[Kevin Garnett]], [[Tim DankanDuncan]], [[Dirk NovitskiNowitzki]], [[Dennis Rodman]], [[Ben UollesWallace]] kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
* Markaziy oʻyinchi (''ing. Center, C''); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (''ing. [[rebound]]'')ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik. Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa, koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-225 sm boʻladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng yorqin basketbolchilardan biri — bu [[Uilt Chemberlen]]dir. Uning baʼzi rekordlari haligacha ham yangilanmagan (masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko toʻplagan yagona oʻyinchi hisoblanadi). Shuningdek, [[ShakilShaquille O'NillNeal]], [[AleksandrAlexsander Belov]], [[ArvidasArvydas Sabonis]], [[Yao Min]],[[DuaytDwight XovardHoward]], [[PatrikPatric YuingYoung]], [[DevidDavid Robinson]], [[KarimKareem AbduljabborAbdul-Jabbar]] kabi oʻyinchilar ham basketbol tarixidagi eng kuchli markaziy oʻyinchilar hisoblanadi.
 
== Manbalar ==