Miley Cyrus: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Msingca (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Qator 18:
[[Tasvir:MileyCyrus signature.svg|100px]]
}}
'''Miley Ray Cyrus''' ({{uzb-kirill|Майли Рэй Сайрус}}; asl ismi — '''Destiny Hope Cyrus'''; t. 23-noyabr, 1992)<ref>{{cite web|url=http://www.biography.com/people/miley-cyrus-299134|title=Miley Cyrus Biography|publisher=[[The Biography Channel]]. [[A+E Networks]]|accessdate=August 31, 2013}}</ref> [[AQSh|amerikalik]] aktrisa va musiqachidir. [[Country]] musiqachi [[Billy Ray Cyrus]] oilasida tugʻilgan Miley bolaligida ''[[Doc (teleserial)|Doc]]'' seriali va ''[[Big Daddy]]'' y ''[[Big Fish]]'' filmida kichik rollarda suratga tushdi. 2006-yili Cyrus [[Disney Channel]] tayyorlagan ''[[Hannah Montana]]'' serialida [[Miley Stewart]] rolini ijro etib, [[oʻsmirlar idoli]]ga aylandi. 2007-yili [[Hollywood Records]] bilan shartnoma tuzib, teleserial soundtracki va Cyrus'ning debut albomi boʻlgan ''[[Hannah Montana 2: Meet Miley Cyrus]]'' [[musiqiy albom]]ini chiqardi. Albom Qoʻshma Shtatlarda uch million nusxada sotilib, "[[See You Again (Miley Cyrus qoʻshigʻi)|See You Again]]" singli ''[[Billboard]]'' oʻnligiga kirdi. Oʻsha yili uning [[Best of Both Worlds Tour]] gastroli boʻlib oʻtdi va unga asoslangan ''[[Hannah Montana & Miley Cyrus: Best of Both Worlds Concert]]'' filmi chiqarildi.
 
Cyrus'ning ikkinchi albomi, oʻz ichiga muvaffaqiyatli "[[7 Things]]" singlini olgan ''[[Breakout (Miley Cyrus albomi)|Breakout]]'' (2008), milliondan ortiq nusxada sotilib, [[RIAA sertifikatsiyasi|platina]] sertifikatiga erishdi. Oʻsha yili u ''[[Bolt (film, 2008)|Bolt]]'' animatsiyali filmida Penny personajiga ovoz berdi. Film titul ashulasi "[[I Thought I Lost You]]" uchun Cyrus [[Golden Globe]] mukofotiga nomzod etildi. 2009-yili Cyrus ''[[Hannah Montana: The Movie]]'' toʻliq metrajli filmida suratga tushdi, filmning soundtracki va bosh singli "[[The Climb (qoʻshiq)|The Climb]]" uni country va [[adult contemporary]] musiqa bozorlariga olib kirdi.