Sarvepalli Radhakrishnan — versiyalar orasidagi farq

File
k
(File)
[[File:Radhakrishnan.jpg|thumb]]
 
'''Sarvepalli Radhakrishnan''' (1888.5.9, [[Andhra Pradesh]] shtati — 1975.17.4, [[Madras]]) — [[Hindiston]] vitse-prezidenti (1952—62), prezidenti (1962—67), faylasuf olim, davlat va siyosiy arbob, diplomat. [[Madras universiteti]]da tahsil olgan. Maysur universitetida prof. (1918—26), [[Kalkutta universiteti]]da falsafa kafedrasining mudiri (1921—31). Hindiston faylasuflar jamiyatining prezidenti (1927—50), Andhra (1931—36) va Banoras untlarida boshkansler (1939—40). [[UNESCO]]da Hindiston delegatsiyasining rahbari (1946 — 50), Hindistonning [[SSSR]]dagi elchisi (1949—52). [[Dehli universiteti]]da kansler (1953—62), [[Oksford universiteti]]da prof., [[Moskva davlat universiteti]]da prof. (1956). Xalq ozodlik harakatida faol ishtirok etgan. [[Mahatma Gandi]] va [[Jawaharlal Neru]]ning safdoshi. R. mustamlaka tizimini tugatishga daʼvat qilgan, harbiy uyushmalarni qoralagan, urushlardan voz kechishga chaqirgan. R. koʻplab falsafiy hamda adabiyot, taʼlim, tarix, siyosatga oid asarlar muallifi. R.ning 2 jilddan iborat "Hind falsafasi" asari rus tiliga tarjima qilingan<ref>Indiyskaya filosofiya, t. 1—2, M., 1956-1957</ref>.
 
91

ta tahrir