Varshava: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Varshava''' (polyakcha: ''Warszawa'') — [[Polsha]] Respublikasining poytaxti, Varshava voyevodaligining maʼmuriy markazi. Mamlakatning eng katta shahri, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy markazi. Vislaning har ikki sohilida joylashgan. Iqlimi moʻʼtadil kontinental, oʻrtacha yillik yogʻin 558 mm; yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3,5°, iyulniki 19°. Aholisi 1,727 mln. kishi (2014). Shahar 8 ta maʼmuriy rayonga boʻlingan.
[[File:Panorama siekierkowski.jpg|thumb|700px|center|Varshava]]
 
Varshava tarixiy manbalarda 13-asrdan boshlab tilga olinadi. 15—16-asrlarda Ma-zoveskiy knyazligi, 16-asr oxiri — 19-asr boshigacha butun Polsha poytaxti, [[1807]]—13 yillar Varshava knyazligi, Vena kongressi (1814—15) qaroriga muvofiq, Varshava Rossiya tarkibiga kirgan Polsha qirolligining poytaxti. 19-asr oxiridan yirik sanoat shahri. 1915— 18yillarda Varshavani Germaniya qoʻshinlari bosib oldi. 1918 yil kuzidan mustaqil Polsha davlatining poytaxti. 1939 yil sentabrda Varshavani nemis qoʻshinlari egalladi. 1945 yil 17 yanvarda Varshava ulardan ozod kilindi. Oʻsha vaqtdan boshlab, shaharni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Qayta tiklash ishlarining butun dunyo miqyosidagi ramzi sifatida Varshavaga jahon Faxriy mukofoti berilgan (1950). 1955 yilda V.da Varshava shartnomasi imzolandi.
 
Qator 8:
Varshavada 15 oliy oʻquv yurti, jumladan universitet (1918 yildan), politexnika instituti (1915), iqtisod va qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv maktabi joylashgan; konservatoriya, Polsha fanlar akademiyasi, med., nafis sanʼat va jismoniy tarbiya akademiyalari bor. Koʻplab kutubxona, 20 dan ziyod muzey, teatrlardan Katta teatr, Xalq teatri mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika uslubidagi Yan sobori (14-asr), Qasr maydonidagi (1643) Sigizmund III ustunlari (1644), Krasinskiylarning sobiq saroyi (17-asr), Vilyanuv (17-asr) va Lazenki (18-asr) bogʻ saroy ansambllari va boshqa saqlangan.<ref>[[Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi|OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
==Galereya==
 
<gallery>
File:Hdred Pałac na Wodzie.jpg