Planck davri: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
„'''Plank davri''' -- kosmologik nazariyaga binoan, olam evolyutsiyasining portlashdan keyingi eng birinchi davri hisoblanadi. Ushbu davr noldan (ya'ni p...“ yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

17-Aprel 2021, 18:12 dagi koʻrinishi

Plank davri -- kosmologik nazariyaga binoan, olam evolyutsiyasining portlashdan keyingi eng birinchi davri hisoblanadi. Ushbu davr noldan (ya'ni portlash ro`y bergan vaqtdan) s gacha bo`lgan vaqtni o`z ichiga oladi. Ushbu davrda, taxminan 13,8 mlrd yil oldin materiya Plank energiyasi ( GeV), Plank radiusi (m) , Plank temperaturasi (10 K ) hamda Plank zichligi (g/sm) ga ega bo`lgan.

Olamning o`lchami juda kichik bo`lganligi tufayli, gravitatsiya kuchlari qolgan fundamental ta'sir kuchlari bilan birlasha olgan. Natijada gravitatsiyaning kvant effektlari qolgan fizik ta'sirlashuv kuchlaridan ustunlik qilgan. Biroq temperatura va zichlikning haddan tashqari katta qiymatga ega ekanligi tufayli, simmetriya buzilgan, natijada gravitatsion ta'sir qolgan fundamental ta'sir kuchlaridan ajralib qolgan.

Zamonaviy kosmologiya nazariyasi bo`yicha Plank davridan so`ng, olam rivojlanishining ikkinchi fazasi - Buyuk Birlashish Davri boshlangan. Undan so`ng esa Kosmik inflatsiya davri boshlangan. Ushbu davrda qisqa vaqt ichida olamning o`lchamlari juda tez o`zgargan, ya'ni kengaygan.