Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Bmt bosh kotibi AntonioGuterres
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
'''Birlashgan millatlar tashkiloti''' ('''BMT''') — [[Yer]] yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot. 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, Ustavi esa SanFransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilindi. BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetdi. BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) — [[New York]]. BMT Ustavida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
 
2000-yil 6—8-sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida „Mingyillik sammiti“ boʻlib oʻtdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiyiktisodiyijtimoiy iqtisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doyrdoir muammolar muhokama qilinib, yangi yuzyillikning dastlabki-yillarida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan qabul qilgan deklaratsiyada 2015-yilgacha ’minlashdata’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga boʻlinadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va oʻz-oʻzini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva boʻlimi. BMT sessiyasi yiddayilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari koʻpchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
 
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay—1992-yil 2 martda BMTga aʼzo boʻddiboʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida OʻzRningOʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Taʼlimtaʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻldi.
 
Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50-yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining „Mingyillik sammiti“ (2000-yil sentabr) da soʻzlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.
Qator 13:
== Birlashgan Millatlar Tashkiloti qanday faoliyat koʻrsatadi? ==
Birlashgan Millatlar Tashkiloti [[1945-yil]] 24-oktabrda, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va yalpi xavfsizlikni mustahkamlash tufayli tinchlikni barqaror etish jurʼati bilan toʻlib-toshgan 51 mamlakat tomonidan tashkil etildi. Bugungi kunda 185 mamlakat, yaʼni dunyoning qariyb barcha mamlakatlari Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzolaridir.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining aʼzosi boʻlgan davlat xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyillari aks etgan, xalqqaroxalqaro shartnomalardan iborat boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nizomida bayon etilgan majburiyatlarni qabul etadi. Nizomga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti toʻrtta asosiy maqsadga amal qiladi: xalqaro tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashish, millatlar oʻrtasida doʻstona aloqalarni rivojlantirish, xalqaro muammolarni hal etishda va inson huquqlarini hurmatlashni ragʻbatlantirishda, xalqaro hamkorlikni barqaror etish hamda ushbu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar saʼy-harakatlari, kelishuvlari uchun markaziy rolni oʻynash.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti aʼzolari — mustaqil davlatlardir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi. Biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va bizning barchamizga daxldor boʻlgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqishga yordam bera oladigan mablagʻlarga ega boʻladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha katta-kichik, boy va kambagʻal, turli siyosiy qarashlar va ijtimoiy tizimdagi davlatlar aʼzo boʻlib, ular ovoz berish va ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega.