Registon ansambli: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Qaytarildi
Registon maydoniga yoʻnaltirildi
Teglar: Yangi yoʻnaltirish Qaytarildi
Qator 1:
{{Maʼnolari|#YOʻNALTIRISH [[Registon (maʼnolari)}}maydoni]]
'''Registon maydoni''' (''boshqa ismi'' '''Registan''')— [[Oʻzbekiston]]da, [[Samarqand]]ning [[Registon (maydon)|Registon]] [[maydon]]ida joylashgan''Yotiq matn'' 3 ta [[madrasa]]dan ([[Ulugʻbek madrasasi|Ulugʻbek]], [[Tillakori madrasasi|Tillakori]], [[Sherdor madrasasi|Sherdor]]) tashkil topgan [[meʼmoriy majmua]].
 
== Tarixi ==
Dastlab 1417—1420-yillarda [[Ulugʻbek madrasasi]] bunyod etilib, keyinchalik qarshisiga — maydonning sharqiy qismiga [[Ulugʻbek xonaqosi]] (1424-yil), shimoliy qismiga [[Mirzoyi karvonsaroyi]], janubiga [[Alika Koʻkaldosh]] juma masjidi (1430-yil) bunyod etilgan, yonida esa yogʻochdan [[xotamkori]] uslubida [[Masjidi Muqatta]] va [[Abusaid madrasasi]] qurilgan. 1420—1440-yillarida Registon hashamatli meʼmoriy ansamblga aylangan. XVII asrda Samarqand hokimi [[Yalangtoʻsh Bahodir]] vayrona holatdagi Ulugʻbek xonaqosi oʻrniga [[Sherdor madrasasi]]ni (1619—1635/36), Mirzoyi karvonsaroyi oʻrniga [[Tillakori masjidi]]ni (1646/47—1659/60) qurdirgan. Registon ansambli oʻzining rang-barang koshinkori bezaklari; naqshinkori [[peshtoq]]lari, ulkan [[gumbaz]]lari bilan [[Markaziy Osiyo meʼmorchligi]]ning noyob yodgorligi hisoblanadi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
[[file:Registan square2014.JPG|thumb|]]
 
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi [[Registon maydoni]] boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon — qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda [[Temuriylar]] faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning [[Jahon merosi|butun dunyo yodgorliklari]] roʻyxatiga kiritilgan.
 
Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi bo’lgan. “Registon ” so’zi “qumloq joy” degan ma’noni anglatadi. [[Oʻrta asrlar]]da hamma katta shaharlarda markazlar “Registon” deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar [[Buxoro]], [[Shahrisabz]] va [[Toshkent]]da ham bo’lgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. [[Amir Temur]] hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulug’bek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega bo’ldi. Zamonaviy Registon ansambli o’zida Ulug’bek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.
 
Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni [[Koʻchkunchixon]] qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga [[qoʻsh (uslub)|qo’sh]] qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan so’ng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va o’rni maydon bo’lib qolgan. 100 yil orasida oxirgi ko’rinishini olgan bu Registonni ko’rish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
{{Samarqanddagi diqqatga sazovor joylar}}
 
 
{{stub}}
 
[[Turkum:Arxitektura]]
[[Turkum:Samarqand]]