Bibliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
File
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[File:Holy bible book.jpg|thumb|right|300px]]
 
'''Bibliya''' (yun. Biblia — kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. B. ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi ahdga boʻlinadi. "Ahd" soʻzi xudoning insonlar bilan maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi ahd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qad. davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi ahd esa faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dini shakllanishiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, B.— xudoning kalomi, barcha insonlarga yoʻllangan, dunyo va odamzodning paydo boʻlishi va oxirat sirini ochib beruvchi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi — yagona Haqning fazilatlari va insoniyat bilan munosabati haqidadir. B. miloddan avvalgi 8-asr va milodiy 2-asrlar oraligʻida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. B. matnlari tadqiq etilganda shu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilmaxil joylarda yaratilgan. B. eng qad. adabiy yodgorliklardan biri boʻlib, diniy pandnasihatlar, aqidalar, bashoratlar, duolar, solnomalar, masallar, ishqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. B.da, bir yokdan, odamzodning gunohkor boʻlib xudo tomonidan rad etilishi, abadiy halokatga mahkum qilinishi toʻgʻrisida ran ketsa, ikkinchi yoqdan, xudo insonni qutqarish uchun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yoʻlini ochgan Iso Masih toʻgʻrisida toʻlaqonli xabar beriladi. Jami 70 kitob (boʻlim)ni oʻz ichiga olgan B. 13-asrda kardinal Stefan Lengton tomonidan hozirgi koʻrinishga keltirilgan, kitoblarni sherlarga boʻlish va raqamlashtirishni parijlik matbaachi Rober Stefan (16-asr) amalga oshirgan. B. jahon boʻyicha keng tarqalgan, asrlar mobaynida koʻpgina xalqlarning axloqi, maʼnaviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir sanʼatiga barakali taʼsir koʻrsatgan. U 19-asrgacha 400 dan ziyod, 20-asr mobaynida esa yana 1400 (jami 1978) tilga toʻliq yoki qisman oʻgirilgan. Oʻzbek tilida ayrim qismlari 1891, 1913 yillarda Leypsig shahrida arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1990 yillarda B. ni tarjima qilish instituti (Stokgolm) tomonidan Kirill yozuvida chop etilgan. 1992 yilda mazkur int Injil va Zaburni toʻliq holda va Tavrotdan "Ibtido" qismini bir kitobga jamlab, soʻzboshi, lugʻat, jadvallar, fixrist, haritalar hamda rangli fotosuratlar bilan birga chop etgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref><ref>[https://www.jw.org/uz-cyrl/кутубхона/муқаддас-китоб/ «Муқаддас Китоб — Янги дунё таржимаси»]</ref><ref>[https://www.jw.org/uz-latn/kutubxona/muqaddas-kitob/ «Muqaddas Kitob — Yangi dunyo tarjimasi»]</ref>.
 
== Manbalar ==