Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 24:
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shugʻullanadi. 3,7 mln. gektar yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sugʻoriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari: bugʻdoy, arpa, paxta, tamaki, qand lavlagi; sholi, yer yongʻoq, sabzavot, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Vohalarda bogʻdorchilik rivojlangan, tok, sitrus, xurmo va boshqa subtropik mevali oʻsimliklar oʻstiriladi, zaytun yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi.
 
Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, oltingugurt qazib olinadi. Elektr styalarning aksariyati neft asosida ishlaydi (yiliga oʻrtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi zavodlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral oʻgʻit ishlab chiqarish.), toʻqimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yogʻ, vino, qandshakar, tamaki va boshqalar), elektr texnika sanoati rivojlangan. Traktor yigʻuv, elektr motor, poʻlat prokati, beton shpal zavodi, koʻnchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va boshqa korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Damashq, Halab, Hims, LatakiyaLoziqiya, Tartus. Transport yoʻli uzunligi – 1,8 ming km, avtomobil yoʻllari –39,2 ming km, neft quvurlari – 805 km. Asosiy dengiz portlari – LatakiyaLoziqiya, Tartus, Baniyos Damashqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabistonidan Oʻrta dengiz sohiliga tortib kelingan koʻpgina neft quvurlari Suriya hududidan oʻtadi. Suriya chetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari, teri, jun va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va boshqa keltiradi. [[Germaniya]], Fransiya, [[Italiya]], [[Rossiya]], [[Livan]], [[Gretsiya]] bilan savdo qiladi. Suriyaning Oʻzbekiston Respublikasi bilan 2002 yildagi tovar aylanmasi 1,7 mln. [[AQSH]] dollarini tashkil etdi. Pul birligi – suriya funti.
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 30:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
6 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun boshlangʻich taʼlim majburiy. Maktab dindan ajratilgan, ammo diniy maktablar ham bor. Bir necha xususiy oʻquv yurti mavjud. Darslar arab tilida olib boriladi. Suriyada 4 universitet va bir qancha davlat oliy oʻquv yurtlari [Damashq universiteti (1923), Halabdagi universitet (1960), Himsdagi universitet (1979), LatakiyadagiLoziqiyadagi universitet (1971), Damashq oliy texnologiya instituti va boshqa] ishlaydi, ularda pul toʻlab oʻqiladi. Arab akademiyasi (1919), Damashq akademiyasi (1919), qishloq xoʻjaligi. ilmiy markazlari bor. DamashkdaDamashqda universitet kutubxonasi va Milliy kutubxona (1880), Halabda Milliy kutubxona (1924), LatakiyadaLoziqiyada Milliy kutubxona (1944), DamashkdaDamashqda Milliy muzey (1919) va Arab tamadduni muzeyi (1976–77), Halabda Arxeologiya muzeyi (1960), Palmira muzeyi (1961), Hims, Tartus, Busroda muzeylar mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
Qator 36:
 
== Adabiyoti ==
Suriya xalqining ogʻzaki ijodida mil. av. 8–7-asrlar voqealarini eslatuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2–14-asrlar ga oid suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-asrdan arab tili rayem boʻla boshladi va 14-asrga kelib dunyoviy adabiyetdan suriya tilini surib chiqardi. Oʻrta asrlarda Abu Tammom, AlBuhturiy, AlMutanabbiy, Abu Firas sheʼrlari va Abul Aʼlo alMaariyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-asrga kadar Suriya adabiyoti arab mumtoz adabiyoti anʼanalarini davom ettirdi. 19-asr oʻrtalaridan Livan bilan Falastinni oʻz ichiga olgan Suriya arab madaniy uygʻonish makonlaridan biri boʻldi Fransis Marrash, Rizqalla Xassun, Abdurahmon alKavokibiy va Adib Isxoq bu harakatga bosh boʻldilar. Birinchi jahon urushidan keyin vatanparvarlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardombek, Salim alJundiy va boshqalar) DamashkdagiDamashqdagi Arab akademiyasiga birlashib, arab adabiy merosini batafeil oʻrganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20 yillarda realistik nasr (Subhi Ali Gʻanim, Sami alKiyoli, Fuad ashShaib, Shakib alJabri) yuzaga keldi. Hayriddin azZirekli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon alAhmad kabi shoirlar mustamlakachilikka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida sheʼrlar yozihdi. 1951 yil Suriya yozuvchilar uyushmasi tuzildi.
 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60 yillardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. Soʻnggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini laʼnatlovchi sheʼrlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar (Mutaa Safadi, Zakariyi Tamira) yaratildi.
Qator 43:
Suriyaning qad. sanʼat yodgorliklari neolit davriga mansub (DamirKapu qoyatosh rasmlari, SakcheGyozyu sopoli, tosh va loydan yasalgan haykalchalar). Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida shahardavlatlar (Mari, Ugarit, Yamxada – hozirgi Halab) ravnaq topishi bilan birga meʼmorlik yuksak darajaga koʻtarildi: murakkab tarxli saroylar, hovlili ibodatxonalar qurildi. Mil. av. 16–14-asrlardagi sanʼat asarlarida Qad. Misr va Egey madaniyatining taʼsiri seziladi. Mil. av. 9-asrda Ossuriya, mil. av. 4-asrdan mil. 4-asrgacha yunon meʼmorligi anʼanalari ruhida inshootlar yaratildi (Palmiradagi mahobatli kolonnalar va ibodatxonalar).
 
5–6-asrlarda Suriyada mahalliy ilk Vizantiya badiiy maktabi shakllandi (Antioxiya, Apameya, Shaxba qadama naqqoshligi). Tosh va suyak oʻymakorligi, pol mozaikasi, kitob miniatyurasi rivojlandi. 7–8-asrlarda Suriya arab madaniyatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdi, naqqoshlik, haykaltaroshlikning yangi uslublari yaratildi. Oʻsha davrda oʻrta asr shaharlarining qiyofasi shakllandi, mayejid, Madrasa, tim, kasalxona, karvonsaroy, hammom va boshqa barpo etildi (Palmira yaqinidagi Qasr alXayr alGʻarbi, 8-asr, DamashkdagiDamashqdagi toqiravoqli jome masjid, 705–715 yillar). Salibchilar tomonidan roman uslubida qurilgan qasrlarning harobalari saqlangan (Hims shahri yaqinidagi Klark deShevalye qoʻrgʻoni, 12-asr). 13–15-asrlarda meʼmorlikda bezakka koʻp eʼtibor berildi, rang-barang koshinlardan, toshlardan, naqshdan keng foydalanildi, yogʻoch oʻymakorligi rivojlandi. Kitob miniatyurasi sanʼati yuqori bosqichga koʻtarildi.
 
Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻlgan yillar (1516–1918) da turk meʼmorligiga xos hasham ortdi. Tasviriy sanʼatda nakshni asliga yaqinlashtirish avj oldi. 20-asrning 60–90yillarida Vahbi alHaririy, Burhon Tayyor, Mahmud Nofal, TamimalKisraviy, Jozef Abduxdsid kabi meʼmorlarning loyihalari asosida zamonaviy binokorlik konstruksiyalaridan foydalanib, milliy shakldagi imoratlar qurila boshladi (Damashqdagi Kasaba uyushmalari binosi, Damashq va Halabdagi universitet korpuslari, LatakiyadagiLoziqiyadagi munitsipalitet binosi va boshqalar). Tasviriy sanʼatda modernizm unsurlari sezila boshlasada, koʻpgina rassomlar mahalliy badiiy anʼanalarni davom ettirdilar (Afif Baxnassi, Nozim Jaʼfariy, Maxmud Jalol, Jak Varde, Muhammad Fathiy va boshqalar). Xalq amaliy sanʼatida kashtachilik, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.
 
== Musiqasi ==
Qator 51:
 
== Teatri ==
Suriya teatr sanʼatining kurtaklari milliy marosim va bayramlardan boshlangan. Professional teatr 19-asr oʻrtalarida Damashqda Abu Xalil alQabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930 yillar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari Suriya professional teatrining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 40 yillarda DamashkdaDamashqda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoasi tashkil etilib, birinchi marta suriya lahjasida spektakllar qoʻyildi (1945–46). 1952 yil Sayodiddin Baxdunis tashkil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957 yilgacha tomosha koʻrsatdi. 1956 yil DamashkdaDamashqda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay boshladi. 1957 yil pantomima xalq truppasi tuziddi. DamashkdaDamashqda arab milliy drama teatrining ochilishi Suriya madaniy hayotida katta voqea boʻldi. Mamlakatning eng isteʼdodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarlari oʻrin oddi. Bundan tashqari Damashqda "Ashshavq" ("Tikanak") satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaham nomidagi satira va komediya teatri, Qoʻgʻirchoq teatri ham ishlaydi.
 
== Kinosi ==