Reklama: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
k (via JWB)
Qator 11:
Har bir firma oʻz R. faoliyatini R. agentlarini yollash yoki R. xizmatini tuzish yoki maxsus reklama agentliklari xizmatlaridan foydalanish asosida amalga oshiradi. R.ning samaradorligi koʻp jihatdan talabni oʻrganishni tashkil qilishga bogʻliq boʻlib, haridorlar doirasini aniqlash va ularga taʼsir oʻtkazish usullariga yordam beradi. Hozirgi davrda R. matbuot, radio, televideniye orqali olib boriladi, maxsus R. filmlari namoyish etiladi. R.qilish maqsadida plakat, buklet, tovar kataloglari kurkam qilib chiqariladi va tarqatiladi.
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida R. xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala harajatida R. harajatlarining hissasi ortib boradi, Reklama tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlilik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish Reklamaga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda reklama tayyorlash va tarqatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida" (1998-yil 25 dek.dekabr) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining karorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu konunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolgon yoki noaniq maʼlumotlarni reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini reklama qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi (yana q.qarang [[Marketing]]).
 
== Adabiyot ==
* Abdullayeva Sh., Nosirov P ., [[Marketing]] — bozor iqtisodiyoti asosi, T., 1994.
 
Qodirjon Yusupov, Barno Rahimova.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>