Qusantina: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
|||
Qator 1:
{{Infobox Shahar}}
'''Qusantina''' ({{lang-ar|قسنطينة}} ''Qusanṭīna''; {{lang-fr|Constantine}}) -
Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda asos solingan. Miloddan avvalgi 3-asr oxiri va 2-asrlarda Numidiylar qirolligi poytaxti boʻlgan va Sirta (Kirta) deb atalgan. Milodiy 311 yilda rimliklarga qarshi qoʻzgʻolonni bostirish vaqtida vayron qilingan. Shahar 313 yildan uni qayta tiklagan Rim imperatori Konstantin nomi bilan atala boshlagan. 7-asrdan boshlab turli arab davlatlari tarkibida, 16-asrda turklar qoʻl ostiga oʻtdi. 1837-yilda Fransiya qoʻshinlari tomonidan egallandi. Shahar jazoirliklarning mustamlakachilikka qarshi ozodlik harakatlarining muhim markazlaridan boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklaridan Katta masjid (11-asr), Madrasa va maqbaralar (18-asr), Ahmadboy saroyi (19-asr), universitet majmuasi (20-asr) va boshqa saqlangan. Badiiy hunarmandchilikning qad. markazi. Muzey bor.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|