Georg von Hertling: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Khasan azim1 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Khasan azim1 (munozara | hissa)
Qator 340:
 
== Taʼlim va siyosiy boʻlmagan faoliyat ==
Hertling Gessen Buyuk Gertsogligining katolik xizmatchilari oilasidanoilasida tugʻilgan. Uning otasi [[Darmstadt|Darmshtadtda]], Hessian sud maslahatchisi boʻlib ishlovchi Yakob Freyxer fon Xertling, onasi esa Antonie edi.
 
Onasi orqali olgan diniy taʼlimi uni ruhoniy boʻlish haqida oʻylashga majbur qildi. U Lyudvig-Georgs-Gimnaziyasida oʻqigan<ref>{{Kitob manbasi|last=Becker|first=Winfried|title=Georg von Hertling 1843–1919. Jugend und Selbstfindung zwischen Romantik und Kulturkampf|publisher=Matthias-Grünewald-Verlag|year=1981|isbn=3-7867-0882-7|location=Mainz|pages=29|language=de}}</ref>. Keyin [[München|Myunxen]], [[Münster|Myunster]] va [[Berlin|Berlinda]] falsafani oʻrganib, 1864-yilda doktorlik darajasini oldi.
 
U dars berish uchun 1867-yilda [[Bonn|Bonnda]] universitet malakasini oshirdi, lekin katolik boʻlganligi sababli faqat 1880 yilda dotsentlik unvonini oldi. Ushbu kechikish sababi [[Prussiya|Prussiyada]] hukumat va katolik cherkovi oʻrtasida boʻlib oʻtgan ''«Kulturkampf»'' (madaniyat kurashi) edi. Bu tajriba Hertlingning 1876-yilda katolik Germaniyasida ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha ilmiy uyushmasi boʻlgan Gorres jamiyatiga asos solishida muhim rol oʻynadi. U 1919-yilda vafotiga qadar uning prezidenti boʻlib qoldi. Hertling 1882-yilda [[Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti|Myunxen universitetida]] toʻliq professor unvonini oldi. 1871-yilda [[Arastu|Aristotel]] va 1880-yilda Albert Magnus haqida kitoblarni nashr etirdi.
 
Hertling katolik talabalar birodarlik harakatining pionerlaridan biri edi. U 1862-yilda Myunxendagi Katolik nemis talabalar birodarligi boʻlgan ''Aenaniyaga'', keyinroq Bonndagi ''Arminia'' katolik talabalar uyushmasiga qoʻshildi. Uning 1863-yilda [[Frankfurtmayn|Frankfurtdagi]] katolik kongressidagi nutqida u din, ilm-fan va doʻstlikni talabalarning katolik birodarligining asosiy tamoyillari sifatida taqdim etdi. Bu esa Vyurtsburg federatsiyasiga asos solishi uchun katalizator boʻlib xizmat qildi. Bugungi kunda ushbu fediratsiya ''Kartellverband'' nomi ostida mavjud.