Ziji jadidi Koʻragoniy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''"Ziji jadidi Koʻragoniy"''' - [[Mirzo Ulugʻbek|Ulugʻbek]] ziji yoki "Ziji sultoni" - [[Mirzo Ulugʻbek]] tomonidan [[1437]]|1437-yilda]] nashr etilgan [[astronomiya|astronomik]] jadvaldir. [[Ptolemey]] va [[Tycho Brahe]]ning ishlari safida, eng buyuk [[yulduzlar katalogi|yulduz kataloglari]] qatorida turadi.
 
Mirzo Ulug‘niUlug‘bekni XV asrdan beri Yevropa va Amerikada ham, Osiyoda ham yaxshi bilishadi. XVI asr oxiri va XVII asrning boshlarida Yevropada astronomiya fanining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi yevropaliklarning Samarqand akademiyasiga bo‘lgan qiziqishini oshirdi. Shogirdi [[Ali QushchiningQushchi]]ning Ulug‘bek asarlarini Turkiyada[[Turkiya]]da targ‘ib etganligi natijasida yevropaliklar uning fan taraqqiyotiga qo‘shgan kashfiyotlaridan bahramand bo‘ldilar.
 
Hozirgi kunda «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asarining 150 dan ortiq nusxasi ma’lum. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, asarning 120 ga yaqin forsiy nusxasi va 15 dan ortiq arabiy nusxasi ham mavjud. Mirzo Ulug‘bekni davlat ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq ilmu fan bilan shug‘ullanish qiziqtirgan. Uning «Bir darajaning sinusini aniqlash haqida risola», «Risolai Ulug‘bek», «To‘rt ulus tarixi», «Ziji jadidi Ko‘ragoniy», «Ko‘ragoniyning yangi jadvallari» kabi asarlari dunyo olimlari tomonidan hali hanuz o‘rganiladi. Ulug‘bekning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asari «Ulug‘bek ziji», «Ziji Ko‘ragoniy» kabi nomlar bilan ham ataladi. «Zij» so‘zi fors tilidagi «zik» so‘zidan olingan bo‘lib, «jadval» ma’nosini bildiradi. Mazkur asar Ulug‘bekning qariyb 30 yillik izlanishi samarasi bo‘lib, u 1444 yilda yozib tugatilgan. Asar [[Fors tli|fors tilida]] bitilgan, keyinchalik G‘iyosiddin Al-Koshiy tomonidan [[arab tiligatili]]ga tarjima qilingan. «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» muqaddima va to‘rt maqoladan iborat.
 
Birinchi maqola so‘zboshi va 7 bobdan, ikkinchi maqola 22, uchinchi maqola 13, «Zij»ning so‘ngi – to‘rtinchi maqolasi esa to‘laligicha ilmi nujumga bag‘ishlangan bobdan iboratdir. 1638 yili ingliz olimi va sharqshunosi, [[Oksford universiteti]] professori Jon Grivs Istanbulga keladi. U o‘zi bilan Angliyaga asarning bir nusxasini olib ketadi. 1643 yildan boshlab Jon Grivs «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asarini ilmiy tadqiq qilishni boshladi va Ulug‘bekning yulduzlar katalogidan olingan 98 ta yulduz holatini 1648 yili e’lon qildi, aniqrog‘i, olimning mazkur ishi ¬Baynbridj tomonidan nashr qilindi. O‘sha yilning o‘zida u «Zij»ning geografiya qismini alohida nashr etdi. Keyinchalik esa u to‘rt qismdan iborat Ulug‘bek «Zij»i birinchi kitobining lotincha tarjimasini nashr qildi. 1652 yilda oxirgi ikkita ish qayta chop etildi.
 
Angliyalik sharqshunos olim va tarjimon, Oksforddagi Bodleyani kutubxonasining xodimi Tomas Xayd 1018 ta yulduz tadqiq qilingan «Ziji jadidi Ko‘ragoniy»ning yulduzlar jadvalini lotin va fors tillarida nashrga tayyorladi hamda «Ulug‘bek kuzatishlari bo‘yicha qo‘zg‘almas yulduzlarning (astronomik) kenglama va uzunlamalari jadvallari» nomi bilan nashr ettirdi. Tomas Xayd Grivsning «Zij» borasida olib borgan ilmiy ishlaridan bexabar bo‘lgan, bu esa Ulug‘bek asarining turli yo‘llar bilan Yevropaga kirib borganini ko‘rsatadi. J. Grivs va T. Xayd tomonidan Ulug‘bek «Zij»idagi jadvallarning nashr etilishi Yevropa astronomlari uchun ulkan voqea bo‘ldi, chunki astronomlarning yuqori aniqlikdagi yulduzlar jadvaliga ehtiyoji katta edi. Ana shu ehtiyoj va chanqoqlikni bosishda Ulug‘bekning «Zij»idek o‘z davrining mukammal asari muhim rol o‘ynadi. Mazkur asarning diqqatga sazovor jihati shundaki, kitobda keltirilgan rasmlarning ikkitasida vatandoshimiz Mirzo Ulug‘bekning siymosi aks ettirilgan. Rasmlarning birida Ulug‘bek osmon xudosi Uraniya raislik qilayotgan majlisda uning o‘ng qo‘l tomonida o‘tiribdi. Suratda yirik astronomlardan grek Ptolemey (er. av. taxminan 170 yili vafot etgan), italiyalik Jan Baptist Richchioli (1598 – 1671), daniyalik astronom Tixo Brage (1546 – 1601), polyak astronomi Yan Geveliy, nemis shahzodasi Gass (1532 – 1592) tasvirlangan.