Buxoro viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 32:
== Sanoat ==
Eng faol sanoat yo`nalishlari paxta tozalash, to`qimachilik va ipakchilik sanoatidir. Kashtachilik, kulolchilik va ganjkorlik singari an`anaviy o`zbek hunarmandchiligi qayta tiklangan. Qandim, Oqqum, Parsonko`l hududlarida neft, tabiiy gazning katta zahirasi mavjud, taxminiy neft zahirasi hajmi 10 million tonna, tabiiy gaz hajmi 220 milliard kub metrdir. Viloyat hududidagi eng yirik, zamonaviy, Respublika ahamiyatiga ega bo`lgan sanoat korxonalaridan biri “Qorovulbozor neftni kayta ishlash zavodi” ushbu zahiralar asosida ishlaydi.
Buxoro shahri qorako`l terisini qayta ishlash, duradgorlik, yog`och o`ymakorligi, zargarlik, misgarlik, nafis san`at namunalarini yaratish, shuningdek rivojlangan oziq-ovqat sanoatiga ega.
 
== Iqtisod ==
Eng asosiy qishloq xo`jaligi mahsulotlari – paxta, bug`doy, qorako`l teri va tabiiy ipakdir. Qishloq xo`jaligi faoliyati viloyatning faqat sug`oriladigan yerlarida olib boriladi.
Viloyatda tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish dasturiga ko`ra ipakchilik sanoatini qayta jihozlash, qurilish materiallari sanoatini hamda kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada yaxshilash va ularning qayta ishlanishini rivojlantirish, xizmat ko`rsatuvchi sektor hamda sayyohlikni rivojlantirishga katta e`tibor qaratilgan. Viloyatda 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari hamda 50 dan ortiq zamonaviy mehmonxonalar faoliyat olib bormoqda.
 
Buxoro viloyatining markazi - [[Buxoro]] shahri.