Surxondaryo viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
239068 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Surxondaryo viloyati'''
 
* Ma'muriy markaz - [[Termiz]] shahri .
* Ma'muriy bo'linishi - 14 ta tuman , 8 ta shahar, 7 ta shahar tipidagi posyolka va 114 ta qishloq * * Aholisi - 1 mil 8067 ming kishi .
* Umumiy yer maydoni - 20,1 ming km.
* Ekin maydoni - 282,7 ming gektar.
* Mehnatga yaroqli aholi - 880,0 ming kishi.
* Temir yo'l uzunligi - 301,0 km.
* Avtomobil yo'li uzunligi 2,7 ming km.
 
[[Surxondaryo]] [[viloyat]]i [[O'zbekiston]]ning eng janubiy qismida joylashgan bo'lib, uning hududi quruq suptropik iqlimiy mintaqaga to'g'ri keladi. Viloyat hududini 37°10` - 39°02` shimoliy kenglik va 66°32`- 68°25` sharqiy uzunlik chiziqlari kesib o'tadi.
 
[[Surxondaryo]] [[O'zbekiston]]ning siyosiy, ma'muriy, ijtimoiy hayotida alohida o'rin tutadigan regiondir. U [[O'zbekiston]]ning 5 iqtisodiy rayonlaridan biri tarzida e'tirof etilgan.
 
[[Surxondaryo]] viloyatining tarkibi ma'muriy jihatidan davrlar osha o'zgarib turgan. Jumladan [[Surxondaryo]] viloyatining hududi 20 asrning boshida ma'muriy va siyosiy jihatdan [[Buxoro amirligi]] qaramog'ida bo'lgan. U dastlab [[1927]] yilda [[O'zbekiston Respublikasi]] tarkibida tuzilgan viloyatlarning biri bo'lgan. Biroq tez orada u [[Buxoro viloyati]] tarkibidagi "Surxondaryo okrugi" ga aylantirilgan. [[1941]] yil 6 mart kuni [[O'zbekiston]] Oily Kengashining qarori bilan [[Surxondaryo viloyati]] tarzida qayta tuzilgan.
 
[[Sobiq ittifoq]]ning regionlardagi ichki tabiiy va iqtisodiy shart-sharoit hamda imkonyatlarni hisobga olmasliklari oqibatida [[Surxondaryo]] va [[Qashqadaryo]] viloyatlri [[1960]] yilning 25 yanvarida qo'shib yuborildi. Bir-biridan tabiiy resurslar va iqtisodiy imkoniyatlari jihatidan katta farq qiladigan bu regionda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish bir xil kechmadi. Viloyatning janubiy - [[Surxondaryo]] qismining xalq xo'jaligi taraqqiyotiga markazdan uzoqlik salbiy ta'sir ko'rsatib turadi. [[O'zbekiston]] hukumati va iqbolini belgilash tashkilotlari ma'muriy bo'linishdagi bu xatoni tuzatish maqsadida [[1964]] yil 7 fevralida [[Surxondaryo]] viloyati ma'muriy jihatidan 14 tumanni birlashtiradi. Ular:
* [[Angor]]
* [[Bandixon]]
* [[Boysun]]
* [[Denov]]
* [[Jarqo'rg'on]]
* [[Muzrabot]]
* [[Oltinsoy]]
* [[Qiziriq]]
* [[Qumqorg'on]]
* [[Sariosiyo]]
* [[Termiz]]
* [[Uzun]]
* [[Sherobod]]
* [[Shurchi]]
[[tuman]]laridir. Viloyatda 2 ta yirik shahar bor. Ular [[Termiz] (viloyatning ma'muriy markazi) va [[Denov]] (viloyatning sanoatlashgan markazi) dir. Viloyatda 8 shahar kengashi va 3 kasaba kengashi mavjud bo'lib, ular ma'muriy jihatidan [[tuman]] [[hokimlik]]lariga qaraydi.
 
[[Surxondaryo]] viloyatining chekka (va ayni bir paytda janubiy geografik) o'rni uning boshqa viloyatlarga nisbatan ko'proq xorijiy davlatlar bilan chegaralanishini taqozo qilgan. [[Surxondaryo]] viloyati [[Surxon]] - [[Sherobod]] vodiysida joylashgan bo'lib u yaqin xorijiy davlatlar [[Tojikiston]] bilan shimol, shimoliy-sharq va sharq tomondan hamda [[Turkmaniston]] bilan g'arb tomondan, uzoq xorijiy davlat [[Afg'oniston]] bilan esa janibiy tomondan [[Amudaryo]] o'zani orqali chegaralanadi. Shuningdek, viloyat baland tog'lar orqali [[O'zbekiston]]ning [[Qashqadaryo]] viloyati bilan ham katta masofaga chegaralanadi. Bu chegaraning sarhad chizig'i [[O'zbekiston]]ning eng baland tog'i - [[Hisor]] tog' tizmasining qirralariga to'g'ri keladi. "Dunyo osmoni" deb nom olgan [[Pomir]] tog'iga mansub bo'lgan [[Hisor]]ning qudratli devor tarzida cho'zilgan tizmalari:
 
* [[Qushtang]] (uning viloyat hududida joylashgan eng baland cho'qqisi dengiz sathidan 3723 metrga teng)
* [[Ketmon chopdi]] (3168m)
* [[Samimas]] (1890 m)
* [[Suvsiztog']] (2122 m )
* [[Kulba tog']] (2130 m)
Viloyatning [[Qashqadaryo]] orqali bo'lgan bu chegarasi shimolroqda [[Chaqchar]] va [[Boysun]] tog' suvayrig'ichi, so'ngra janubiy g'arbda sho'rob botig'ining boshlang'ich nuqtasi suvsiz tog' va [[Ko'hitang]]ning shimoldagi qirrasi orqali o'tadi.
 
Viloyat hududi egri chizilgan uchburchakni eslatadi. Uning o'lchamlari: shimoldan janubga 220-250km g'arbdan sharqqa esa 150-170km ga cho'ziladi.
 
Viloyatning 3 tomonidan tog'lar bilan o'ralgan, chegarasi janubiy tomonga ochiq unug janubdagi [[Amudaryo]] o'zani orqali Afg'onniston davlati bilan o'tgan chegarasi esa daryo o'zaniga ko'ra g'oyat egri bugridir.
 
[[Surxondaryo]]ning g'arbiy va shimoliy -g'arbiy checara chiziqlarida joylashgan baland tog'lar viloyatda o'zgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardandir. Janubiy chegaradagi ochiqlik esa shimoliy shimoliy-g'arbiy havo oqimlarining viloyat hududiga kirib kelishi uchun "darvoza" hisoblanadi. Viloyat iqlimi [[subkontinental]], qishi iliq , yozi issiq va quruq bo'ladi. Yozda kunduzi harorat 46-48 darajagacha etadi. Viloyat janubida havo namligini keskin tushirib yuboradigan quruq, janubi - g'arbiy shamollar esadi. Viloyatning tabiatga tabiiy [[landshaft]]iga uning iqlimi, suv resurslari, tuprog', o'simliklar va hayvonot dunyosi holatiga uning geografik o'rni (ayniqsa chegara qismidagi tog'lar) ta'sir ko'rsatib turadi. Shuningdek viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga chegaradosh davlatlar bilan a'loqaning ta'siri kuchli. Ayniqsa [[Afg'oniston]] bilan [[Amudaryo porti]] va [[Amudaryo]] temir yo'li (va ayni paytda avtomobil yo'li) ko'prigi orqali olib borilayotgan 20 mingdan ortiq [[Osiyo]] va [[Avrupo]] davlatlarining iqtisodiy, texnikaviy savdo-sotiq aloqalari hamda [[Tojikiston]] bilan [[Termiz]]-[[Dushanbe]], [[Termiz]]-[[Yovon]] temir yo'l va avtomobil yo'llari orqali olib borilayotgan aloqa, viloyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga o'ta kuchli ta'sir ko'rsatib turadi.
 
Viloyat hududining ko'lami 20,8 ming kv. km. U [O'zbekiston]] hududining 4.6 % ni tashkil qiladi [[Surxondaryo]] egallagan maydonning kattaligi jihatidan [[O'zbekiston]] viloyatlari ichida salmoqli o'rinda turadi, ya'ni [[Surxondaryo]]ning hududi [[Xorazm]] viloyatlnikidan 33, [[Andijon]]nikidan 4.9, [[Namangan]]nikidan 2,6, [[Farg'ona]]nikidan 2,9, [[Sirdaryo]]nikidan 4 marta kattadir. Xorijiy davlatlarga qiyosda, jumladan uning hududi [[Kipr]]nikidan 2,23, [[Quvayt]]nikidan 1,3, [[Litva]]nikidan 2, [[Singapur]]nikidan 34,7 marta katta. Shuningdek, [[Surxondaryo]]ning hududi [[Markaziy Amerika]]dagi [[Yamayka]] davlati (21,0 ming kv. km. ) ga deyarli teng.
 
 
Ma'lumotlar quyidagi saytdan olindi:
 
http://termez.connect.uz/surxon/surxondaryo.htm
 
Muallif Ma'ruf Pirnazarov
 
 
 
[[Category:Viloyat]]