Goʻdak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Lano MM (munozara | hissa)
+ surat
Lano MM (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 9:
 
Yangi tugʻilgan chaqaloqning uzunligi 48-58cm orasida boʻlib, odatda 52-53cmda tugʻiladi. Boshining oʻlchovi esa 34-35cm atrofida boʻladi. Qiz bola chaqaloqlar oʻgʻil bola chaqaloqlarga qaraganda 200-300 gramga engil, 1-2cmga kalta tugʻiladi.
 
Goʻdakning terisi uni mikroblardan ximoya qilishga qodir lizosim va shunga oʻxshash moddalarni ishlab chiqarishga qodir boʻladi. Lizosim bola tanasi toza mahalda eng koʻp ishlab chiqiladi shuning uchun chaqaloqni imkoni boʻlishicha har kun choʻmiltirish tavsiya etiladi. Bola emish, yutish, ushlash, emgaklash, suzish, oyoq tirash va yurish kabi harakat reflekslari bilan tugʻiladi. Yangi tugʻilgan chaqaloqning tana harorati 35-37 gradus boʻladi, vaqt oʻtishi bilan muallaq 36 gradus atrofida boʻladi. Tez orada rivojlangan ter bezlari esa bolani issib ketishdan ximoya qiladi. Xona haroratini esa doim bir hil darajada, masalan 20 gradusda ushlash tavsiya qilinadi.
 
Goʻdaklarda boshining tepasida kichkina va katta liqildoq boʻladi, bu miya suyagining yahshi qoʻshilmagan joyi boʻlib bola jarohatsiz tugʻilishiga yoki yiqilganda qattiq jarohat olmasligida muhim yordam vazifasini bajaradi. Vaqt oʻtishi bilan bola bir yoshga toʻlgunicha liqildoqning joyi bitib ketadi. Shu muhlat ichida bitib ketmagan liqildoq, bolada rahit kasalligi bor ekanligini belgisi boʻlishi mumkin.
 
== Ovqatlantirishi ==
Goʻdak istagini egʻlash orqali ifoda qiladi. Bola egʻlaganinig sabalari xar xil boʻladi, bu uning qorni ochgani, bir narsa bezovta qilayotgani, isib yoki sovqotib ketganidan, zerikkanidan yoki boʻlmasam yolgʻizlanib qolganidan dalolat berishi mumkin.
 
 
 
 
== Havolalar ==