Aberdin — Birlashgan Qirollikdagi shahar, Shotlandiyada. Grampian rayonining maʼmuriy markazi. Aholisi 211 ming kishi (1988). Shimoliydengiz boʻyidagi port va dengizdagi neft konlarining boshqaruv markazi. Baliq qayta ishlanadi. Toʻqimachilik, kemasozlik, kimyo korxonalari, universitet (1494), gotika sobori (1336-1522) bor. XII-XIV asrlarda Shotlandiya qirollarining qarorgohi. Aberdin atrofidan granit qazib olinadi. [1]

Manbalar tahrir

  1. "Aberdin" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil