Ahmadjon Odilov (1925-yil 1-may — 2017-yil 27-sentabr) — nufuzli oʻzbek ishbilarmoni va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1965), 1966—1971-yillarda Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi boʻlgan.

Ahmadjon Odilov
Tavalludi 1-may 1925-yil
Gʻurumsaroy, Pop tumani, Namangan uyezdi, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Vafoti 27-sentyabr 2017-yil(2017-09-27)
(92 yoshda)
Pop tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Odilov Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi XXIII, XXIV va XXV syezdlari (1966, 1971, 1976) delegati, 9- va 10-chaqiriq SSSR Oliy Kengashining deputati (1974-1984) sifatida ham faoliyat yuritgan. U, shuningdek, SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi boʻlib, uch marotaba Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining deputati etib saylangan.

Hayoti tahrir

Ahmadjon Odilov 1925-yilning 1-mayida Namangan viloyati Pop tumanining Gʻurumsaroy qoʻrgʻonida tugʻilgan. 1960-70-yillarda Pop tumanidagi Lenin nomli kolxoz raisi boʻlgan.

Asta-sekin u Oʻzbekistonning oʻsha paytdagi rahbari Sharof Rashidovning ishonchli kishilaridan biriga aylandi. 1970-yillarning oxirida u Pop tumani agrosanoat kompleksiga rahbarlik qildi va bir necha bor davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 1980-yillarning oʻrtalarida, Odilov tergovchilar — Telman Gdlyan va Nikolay Ivanov tomonidan tekshirilgan „paxta ishi“ ga aloqador eng muhim shaxslardan biriga aylandi. Tergovning eʼlon qilingan materiallariga koʻra, Odilov oʻz hududida yarim feodal rejimini oʻrnatgan, Oʻzbekistonning yuqori lavozimli amaldorlariga katta pora bergan (ittifoq darajasidagi mansabdor shaxslarga pora berganligini isbotlashning imkoni boʻlmagan). Keyin u hibsga olinib, jazo muddatini Butyrka qamoqxonasida oʻtkazgan.

SSSR prokuraturasi tergov brigadasining alohida muhim ishlari boʻyicha tergovchining xotiralaridan:

Odilov Andijon shahridagi qamoqxonada saqlanayotgan edi, u yerga 1989-yilning yozida koʻchirilgan. Harbiy xizmatchi Odilovga jinoiy ish boʻyicha tarjimon sifatida tayinlangan. Darhaqiqat, yosh askar uning yumushlarini bajarar edi. Odilov soʻroqqa kelib, askar hamrohligida uni tarjimon sifatida tanishtirdi, ammo soʻroq paytida uning rus tilini yaxshi bilishi kundek ravshan edi, askar haqida esa unday deb boʻlmaydi… Odilov Gdlyan ishi haqida yaxshi bilar edi hamda 1989-yil noyabrga qadar unga nisbatan ehtiyot chorasi oʻzgartirilishini va „uning askarlari“ tergov davomida kimni va oʻzini qanday tutganini sinchkovlik bilan aniqlab berishini ochiq aytdi…

1991-yil dekabrda u Oʻzbekistonga koʻchirildi. 1991-yil 24-dekabrda esa Toshkentni tark etmaslik toʻgʻrisida hukm bilan qamoqdan ozod qilindi.

1991-yilda, Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, Odil Yoqubov va Muhammad Solih raisligida boʻlib oʻtgan oʻzbek yozuvchilarining syezdi bir ovozdan Odilovni „Milliy qahramon“ deb eʼlon qilishdi.

1992-yil fevral oyida u Oʻzbekiston hukumatining maxsus qarori bilan reabilitatsiya qilindi, biroq 1993-yilning 26-iyunida yana hibsga olindi va toʻrt oydan soʻng Qoʻqon shahar sudi uni 5 tonna oʻgʻit oʻgʻirlaganligi uchun 4 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bir yil oʻtgach, u ushbu muddatni oʻtab boʻlganida, unga Sovet Ittifoqi davrida qilgan „iqtisodiy jinoyati“ uchun yana 10 yil qoʻshildi. Biroq, u berilgan muddatdan koʻproq oʻtirishga majbur boʻldi. Garchi unga berilgan muddat 1996-yilda tugagan boʻlsa-da, qonunga koʻra, hibsga olingan paytdan boshlab, uni ozod qilish vaqti kelganida, Odilov giyohvand moddalar saqlagani uchun, yoki boʻysunmaslikda ayblanib yana sudlandi.

Ahmadjon Odilov 2008-yil 5-iyun sanasida 83 yoshida ozod qilindi.

„Paxta ishi“ boʻyicha boshqa sudlanuvchilar — R.Gaipov, K.Kamolov, M.Musaxanov, B.Rahimovdan farqli oʻlaroq, u Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonini va mukofotlarini yoʻqotmadi.

U Namangan viloyatining Pop tumanidagi uyida 2017-yil 27-sentabrda 93 yoshida vafot etdi.[1][2]

Mukofotlari tahrir

Kitoblar tahrir

2019-yilda namanganlik yozuvchi Ortiqali Nomozov qalamiga mansub Ahmadjon Odilov haqidagi „Odilovni otmoqchi edilar“ nomli kitob Yangi kitob nashriyoti tomonidan chop etildi. Kitobda qamoqxonadagi azob-uqubatlar, kechinmalar, mahbuslar irodasini sindirish, ularni jisman yoʻq qilishga qaratilgan harakatlar aks ettirilgan.[3]

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir