Chroma key (talaffuzi: kroumaki; soʻzma-soʻz tarjimasi — „ranglar kaliti“) ikki va undan oshiq tasvir yoki kadrlarni bitta kompozitsiyada birlashtirish texnologiyasidir. Ushbu texnologiyadan asosan rasm yoki video orqa fonini olib tashlashda ishlatiladi. Bunda, old fondagi kadr rang diapazoni shaffof qilinib, orqa fondagi kadrga kerakli surat qoʻyiladi. Masalan, biror ob-havo prognozi bilan bogʻliq teledasturda diktor CGI mahsuli boʻlgan xarita oldida turib gapirganda, aslida u koʻk yoki yashil fon oldida gapirayotgan boʻladi. Chroma key texnologiyasi yordamida esa koʻk/yashil fon shaffof qilinib, kerakli surat/video bilan almashtiriladi. Orqa fonda koʻk va yashildan boshqa rangdagi fonlardan ham foydalanish mumkin, biroq ushbu ikki rangda inson tanasining rangini ajratib olish oson boʻlganligi tufayli keng qoʻllaniladi.[1]

Koʻk fonda suratga olinayotgan film.

Manbalar tahrir

  1. „The Chroma Effect“. Chroma Key Tutorial. BorisFX. — „If the foreground is a person then blue or green backing colour is recommended as these colours are not present in human flesh pigments. In fact, human skin colour is 70% red for all people regardless of race.“. 2005-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 11-yanvar.