Federal gerb (nemischa: das Bundeswappen) Germaniya Federativ Respublikasining gerbida —oltin qalqonda oʻng tomonga qarab turgan qora, ochiq qanotli, patlarining uchi pastga qaratilgan burgut tasvirlangan. Uning tumshugʻi, tili, panjalari va tirnogʻi qizil rangda.[1].

Germaniya gerbi
Mamlakat Germaniya
Qabul qilindi 20-yanvar, 1950-yil (74 yil avval) (1950-01-20)
Dizayn oltin qalqonda oʻng tomonga qarab turgan qora, ochiq qanotli, patlarining uchi pastga qaratilgan burgut tasvirlangan. Uning tumshugʻi, tili, panjalari va tirnogʻi qizil rangda.

Federal gerb va Germaniya federal burgutining tashkil etilishi 1950-yil 20- yanvarda tashkil etilishi boʻlib oʻtdi, ammo u faqat tavsifni oʻz ichiga oldi holos. Gerbning rasmi 1952-yil 4-yulda[2] qabul qilindi u 1928- yildagi Germaniya gerbi naqshini toʻliq takrorlaydi.

Burgut qalqonsiz tasvirlanishi ham mumkin, unda u federal burgut deb ataladi (nemischa: der Bundesadler) va bir nechta boshqa tasavvurlarga ega.

Shuningdek, „federal qalqon“ nomi ostidagi oʻzgacha dizaynga ega gerbda(nemischa: Bundesschild) burgut biroz boshqacha shaklga ega. Gerbning ushbu versiyasi faqat federal hokimiyat tomonidan (shu jumladan bayroqlarda) foydalanish uchun taqdim etiladi, uni boshqa maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.

"Federal qalqon" — faqat federal hokimiyat tomonidan foydalanish uchun Gerbning bir varianti.

Gerbning tarixi tahrir

 
Manes kodeksining Genrix IV gerbi

Germaniya Federativ Respublikasining gerbida burgut tasvirlangan. Bu qush odamlar tomonidan qadim zamonlardan buyon jasorat, hayotiylik va quyoshning ramzi boʻlganligi sabab ulugʻlandi.

Manes kodeksi qora Burgutli oltin qalqonni qizil tumshugʻi va panjalari bilan Muqaddas Rim imperatori Genrix IVning gerbi sifatida olib boradi (xuddi shu qalqon hozirgi kungacha imperiyaning sobiq poytaxti Axen gerbidir). XV asrdan boshlab ikki boshli burgut Muqaddas Rim imperatorining ramzi boʻlib, ikkala boshning tepasida bitta toj bor. Keyinchalik, XIX asrda ikki boshli burgut Avstriya-Vengriya hokimiyatining ramzi boʻldi, Germaniya parlamenti (1848-yil) (nemisnemischa: Paulskirchenparlament) davrida esa german reyxining gerbi boʻldi. Koʻplab shohliklar, gersoglar va okruglarning qoʻllarida burgutdan tashqari boshqa ramzlar ham ishlatilgan: kalitlar, qal’alar, ayiqlar, sherlar, tojlar va boshqalar. Burgut davlat ramzi sifatida oʻz tarixini Birlashgan Germaniya reyx davrida (1871-1918) va Veymar Respublikasi davridan (1918-1933) buyon davom ettiradi. Natsistlar, shuningdek, burgutning tirnoqlardagi eman novdali tasvirini oʻz kuchining davlat ramzi sifatida ishlatgan.

Kaiser Germaniya gerbidagi burgut toj kiygan edi. Respublika davrida monarxiyaning ramzi boʻlgan toj nemis gerbidan abadiy gʻoyib boʻldi. Urushdan keyingi Germaniya burgutning tasvirini Veymar Respublikasining davlat ramzi sifatida qabul qildi.

Hozirgi Gerbning eskizini rassom Tobias Shvab 1926-yilda yaratgan. Hozirgi nemis burguti qisqa quyruqga ega va patlari aniq va batafsil chizilgan emas. Mamlakatning emblemasi sifatida burgut Germaniya Federal prezidenti Teodor Hoises tomonidan 20-yanvar 1950- yil kiritilgan. Gerbning matni Veymar Respublikasining gerbi tavsifidan deyarli oʻzgartirilmagan, faqat „reyx“ soʻzi „Bund“soʻzi bilan almashtirilgan.

Burgutni eskizlari Davlat muhrlari, bayroqlar, tangalar va pochta markalarida tasvirlash uchun Veymar Respublikasi davrida ishlatilgan.

Germaniya Ittifoqining gerbi 1816-1866 tahrir

1866-1871 Shimoliy Germaniya Ittifoqining gerbi tahrir

Germaniya davlatining gerbi 1871-1888 tahrir

Germaniya imperiyasining gerbi (Germaniya davlati) 1919-1935 tahrir

 
1919-yil 11-avgustdagi Konstitutsiya(Veymar Konstitutsiyasi) namunasida 1928-yilgi imperator (Davlat) gerbi tasvirlangan

1919-yil11-noyabr imperia (davlat) gerbi va imperia (davlat) burgutiga nisbatan buyruq:

Imperiya (davlat) gerbi tahrir
 

Imperiya hukumatning qaroriga binoan, men federal gerb haqiqatdan ham - oltin maydonda o'ng tomonga yoyilgan qanotlari bilan qarab turgan qora burgut va uning patlari, tumshug'i, tili va panjalari qizil rangda ekanligini tasdiqlayman.[3].

Imperia (davlat) burguti tahrir
 

Agar burgut (qalqon) ramkasiz tasvirlangan bo'lsa, u davlat gerbidagi kabi bir xil shakl va ranglarga ega, ammo patlari uchlari tashqi tomonda joylashgan bo`ladi.[3].

1935—1945-yillarda eng yuqori davlat belgisi tahrir

 
1933-yilda Reyxkansler Adolf Gitler tomonidan gerb namunasini tayyorlash tayinlanganidan soʻng, 1919- yilgi namuna,1935-yil 5-noyabrda davlatning eng yuqori belgisi toʻgʻrisidagi Nizom oʻrnatilgunga qadar foydalanishda davom etildi:

Gerbning eng yuqori belgisi-bu eman novdalari bilan o'ralgan gulchanbar, gulchambarni ushlab turgan,qanoti yozilgan burgut, burgutning boshi o'ng tomonga burilgan[4].


Germaniya Federativ Respublikasining Gerbi tahrir

Federal gerb va federal burgutning 20-yanvar 1950-yildagi buyrug'i

Federal hukumatning qaroriga binoan, men federal gerb - oltin maydonda o'ng tomonga yoyilgan qanotlari bilan qarab turgan qora burgut va uning patlari, tumshug'i, tili va panjalari qizil rangda ekanligini tasdiqlayman.

Agar burgut maydondan tashqarida tasvirlangan bo'lsa, u federal gerbda bo'lgani kabi bir xil shakl va ranglarga ega bo`ladi, ammo patlari tekis tasvirlanadi.

Federal ichki ishlar vazirligiga har bir alohida ish uchun Federal gerb va burgut variantlarini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

Federal gerb tahrir

 

1928-yilgi imperatorlik gerbining tasavvurini toʻliq takrorlaydigan federal Gerbning standarti (rassom-Karl-Tobias Schwab), 1952-yil 4-yulda tasdiqlangan[2] va shundan beri uning dizayni oʻzgarmagan.

Federal burgut tahrir

 
Federal burgutning qora va oq versiyasi

Germaniya Demokratik Respublikasining Gerbi (Emblemasi) tahrir

 
Germaniya Demokratik Respublikasining Emblemasi 1950-1953

Gerb bolgʻa va gulchambardan iborat edi, chunki GDR oʻz-oʻzini anglashi bilan birga ishchilar, dehqonlar, ziyolilar va boshqa qatlamlar bilan ittifoq tuzgan ishchi va dehqon davlati edi.

 
Germaniya Demokratik Respublikasining Emblemasi 1953-1955

Gerbga mehnat ziyolilarini aks ettiruvchi kompaslar, pastki qismi qora-qizil-oltin lentaga oʻralgan, ranglari oʻsha davrning GDR davlat bayrogʻini aks ettirgan, Germaniya bayrogʻiga mutlaqo oʻxshash boʻlgan.

 
Gerb biroz oʻzgardi: gerb ichidagi sirkul kengligi biroz oʻzgardi va ichki fon qizil rangga aylantirildi. Gerb 1959-yilda GDRning yangi emblemasi sifatida ramzlar qatoriga kiritildi.

Manbalar tahrir