Oʻzlashma soʻz — bir tildan ikkinchi tilga oʻtgan soʻz. Mas, oʻzbek tiliga forstojik tilidan oʻzlashgan andisha, barg, tilla, shabnam; arab tilidan oʻzlashgan adabiyot, axloq, kitob, muallim; rus tilidan va u orqali oʻzlashgan bank, gazeta, samovar, televizor soʻzlari va boshqalar Oʻzlashma soʻz maʼlum ijtimoiytarixiy voqealar, savdo va madaniy aloqalar tufayli bir tildan ikkinchi tilga oʻtib oʻzlashadi. Xususan, oʻzbek xalqining tojiklar bilan qadimdan bir xil iqtisodiy tuzum sharoitida, qoʻniqoʻshni boʻlib yashab kelganligi tufayli forstojikcha soʻzlar, arab istilosi natijasida arabcha soʻzlar, Oʻrta Osiyoning Rossiyaga qoʻshib olinishi oqibatida ruscha va yevropacha soʻzlar oʻzbek tiliga kirib oʻzlashgan. Oʻzlashma soʻz dastlabki davrda neologizm xarakterida boʻlsada, keyinchalik asta-sekin qabul qiluvchi til qonuniyatlariga boʻysunishi, xuddi oʻz soʻzdek tabiiy va aniq boʻlishi (barg), fonetik qayta shakllanishi (karavot), grammatik singishi (bankdan), soʻz yasash tizimida faol ishtirok etishi (traktorchi), takrortakror qoʻllanishi tufayli uning yot elementligi sezilmay qoladi. Oʻ.s hosil qilishning turli usullari mavjud.