Raymon Kopa (fransuzcha: Raymond Kopa, tugʻilganda Kopashevskiy (polyakcha: Kopaszewski), 13-oktabr 1931-yil, Ne-le-Min (Pa-da-Kale), Fransiya) — kelib chiqishi polyak boʻlgan fransiyalik futbolchi. Hujumchi. 50-60-yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Oʻynagan klublari: „Anjers“ (1949-1951), „Stad de Reyms“ (1951-1956; 1959-1967), „Real Madrid“ (1956—1959).

Raymond Kopa
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Raymond "Kopa" Kopaszewski
Tavallud sanasi 13-oktyabr 1931-yil (1931-10-13) (92 yosh)
Tavallud joyi Ne-Le-Min, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 169 sm
Ampluasi hujumchi
Laqabi Futbol Napoleoni
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini tugatgan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1949-1951
1951-1956
1956-1959
1959-1967
Anjers
Stat de Reyms
Real Madrid
Stat de Reyms
(60 (15)
158 (48)
79 (24)
244 (36))
Milliy terma jamoa
1952-1962 Fransiya (45 (18))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Fransiya terma jamoasi safida 1952-1962 yillarda 45 ta oʻyin oʻtkazgan.

Biografiya tahrir

Fransiyada Polshadan kelgan emigrant konchilar oilasida tavallud topgan. Oʻz faoliyatini oʻng qanot hujumchisi sifatida boshladi va keyin markaziy hujumchi sifatida oʻynay boshladi. 1958-yildagi jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi, chempionat natijasiga koʻra, Fransiya bronza medali sohibi boʻldi. Shu sababdan ham 1958-yili „Oltin toʻp“ sovriniga ega boʻldi. Afsuski, oyogʻining sinishi va uni davolash uchun oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 1967-yilda oʻz faoliyatini tugatishga majbur boʻldi[1].

Erishgan natijalari tahrir

Yevropa chempionlari kubogi finalchisi: 1956
Lotin kubogi finalchisi: 1955
  • Jahon chempionati bronza medal sohibi: 1958


  • „Oltin to'p“ sohibi: 1958
  • „Kumush toʻp“ sohibi: 1959
  • „Bronza toʻp“ sohibi: 1956, 1957
  • 1970-yil 30-noyabrda Fahriy legion ordeni bilan mukofotlangan. (bu orden bilan mukofotlangan birinchi futbolchi)
  • FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.

Manbalar tahrir

  1. 1. Raymon Kopa Futbol: polnaya illyustrirovannaya ensiklopediya mirovogo futbola pod. red. S. N. Shmitko, M, Rosmen-Izdat, 2000, s. 144

Havolalar tahrir