Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (turkchasi: Adalet ve Kalkınma Partisi, AKP) Turkiyaning markaz-oʻng[1] siyosat yurituvchi partiyasidir. Turkiya parlamentida eng koʻp oʻrinni egallab turgan bu partiyadan mamlakat bosh vaziri Recep Tayyip Erdoğan va prezident Abdullah Gül chiqqan.

Partiya 2001-yili 14-avgustda tuzilgan. Kelasi yiliyoq parlament saylovlarida koʻpchilik mandatga ega boʻlgan. Shundan beri har parlament saylovlarida koʻp ovoz yigʻadi. Jumladan, 2011-yilgi saylovda ham AKP 49,91% bilan koʻpchilik oʻringa sohib chiqdi.

AKP oʻzini konservator, deb taʼriflaydi,[2] liberal iqtisodiyot yuritish va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi tarafdoridir.[3]

Manbalar tahrir

  1. Turkey goes to polls amid violence and fears of Islamism, 2011-05-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-14
  2. AKP programı, 2011-08-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2011-06-14
  3. „"New to Turkish politics? Here's a rough primer"“. 2012-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-iyun.

Havolalar tahrir