Maxwell Johannes Domi (talaffuzi: Maksvell Yoxannes Domi) (1995-yil 2-martda tugʻilgan) – kanadalik professional xokkeychi. Maxwell Domi „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi tarkibiga 2013-yilgi NHL kirish loyihasining birinchi bosqichida umumiy 12-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi.

Maxwell Domi
Tugʻilgan joyi 2-mart 1995-yil (1995-03-02) (29 yosh)
Winnipeg, Manitoba, Kanada
Boʻyi 5 ft 10 in (178 cm)
Ogʻirligi 198 lb (90 kg; 14 st 2 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
NHL
Sobiq jamoalar
Chicago Blackhawks
Arizona Coyotes
Montreal Canadiens
Columbus Blue Jackets
Carolina Hurricanes
Milliy jamoa  Kanada
NHLga kirish drafti 12-oʻrindagi tanlov, 2013
Phoenix Coyotes
Jamoalardagi faoliyat 2015—hozirgacha

Oʻyin faoliyati tahrir

Havaskor tahrir

Maxwell Domi „Kingston Frontenacs“ xokkey klubi safiga 2011-yili Ontario xokkey ligasi (OHL) loyihasida sakkizinchi oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi. Keyinchalik, Maxwell Domi „London Knights“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[1]. 2011-yil 23-sentyabrda Maxwell Domi „Saginaw Spirit“ klubiga qarshi OHLdagi ilk oʻyinida xet-trik qayd etdi[2]. Shundan soʻng, Maxwell Domi 2013-yilgi NHL kirish loyihasida „Phoenix Coyotes“ xokkey klubi safiga 12-oʻrindagi tanlov asosida qabul qilindi[3].

Professional tahrir

Arizona Coyotes tahrir

Maxwell Domi „Phoenix Coyotes“ klubiga qabul qilinganidan soʻng, 2013-yil 14-iyulda „Phoenix Coyotes“ klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[4]. Shundan soʻng, u klubning AHL filiali „Arizona Cyotes“ xokkey jamoasiga yuborildi.

Monreal Canadiens tahrir

2018-yil 15-iyun kuni Maxwell Domi Alex Galchenyuk evaziga „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga almashtirildi[5]. Ertasi kuni Maxwell Domi „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan ikki yillik 6,3 million dollarlik shartnoma imzoladi[6]. 19-sentyabr kuni „Florida Panthers“ klubiga qarshi mavsumoldi oʻyinida Maxwell Domi shaybasi bilan „Florida Panthers“ klubi himoyachisi Aaron Ekbladga zarba berdi. Natijada Domi mavsumning qolgan qismiga diskvalifikatsiya qilindi[7].

2018-yil 17-oktyabr kuni Maxwell Domi „Montreal Canadiens“ klubi uchun birinchi golini „St. Louis Blues“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (3:2 hisobida gʻalaba) kiritdi[8]. Maxwell Domi 2018-2019-yilgi mavsumni 72 ochko bilan yakunladi.

Kolumbus Blue Jackets tahrir

2020-yil 6-oktyabrda Maxwell Domi hujumchi Josh Anderson evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashtirildi[9]. 7-oktyabr kuni Domi klub bilan ikki yillik 10,6 million dollarlik shartnoma imzoladi[10].

Carolina Hurricanes tahrir

Maxwell Domi 2022-yil 21-martda „Carolina Hurricanes“ xokkey klubi safiga qoʻshildi[11]. Maxwell Domi klub safida oʻn toʻqqizta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol va beshta golli uzatmani amalga oshirdi[12][13].

Chicago Blackhawks tahrir

2022-yil 13-iyulda Maxwell Domi erkin agent sifatida „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan bir yillik 3 million dollarlik shartnoma imzoladi[14].

Faoliyat statistikasi tahrir

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari tahrir

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2010—2011 Don Mills Flyers GTHL 30 27 30 57 45
2010—2011 St. Michaelʼs Buzzers OJHL 2 1 1 2 0
2011—2012 London Knights OHL 62 21 28 49 48 19 4 5 9 10
2012—2013 London Knights OHL 64 39 48 87 71 21 11 21 32 26
2013—2014 London Knights OHL 61 34 59 93 90 9 4 6 10 8
2014—2015 London Knights OHL 57 32 70 102 66 9 5 4 9 16
2015—2016 Arizona Coyotes NHL 81 18 34 52 72
2016—2017 Arizona Coyotes NHL 59 9 29 38 40
2017—2018 Arizona Coyotes NHL 82 9 36 45 73
2018—2019 Montreal Canadiens NHL 82 28 44 72 80
2019—2020 Montreal Canadiens NHL 71 17 27 44 35 10 0 3 3 8
2020—2021 Columbus Blue Jackets NHL 54 9 15 24 75
2021—2022 Columbus Blue Jackets NHL 53 9 23 32 37
2021—2022 Carolina Hurricanes NHL 19 2 5 7 18 14 3 3 6 4
NHL jami 501 101 213 314 430 24 3 6 9 12

Xalqaro tahrir

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012-yil Kanada Ontario U17   6 3 4 7 14
2012-yil Kanada IH18   5 3 4 7 2
2015-yil Kanada WJC   7 5 5 10 4
2016-yil Kanada WC   10 1 0 1 4
Oʻsmirlar safida 18 11 13 24 20
Kattalar safida 10 1 0 1 4

Manbalar tahrir

  1. „FRONTENACS TRADE MAX DOMI“. kingstonfrontenacs.com. Qaraldi: 2011-yil 30-avgust.
  2. Morreale, Mike G. „Domi's hard work, skill make him top Draft prospect“. NHL.com (2013-yil 3-iyun). Qaraldi: 2014-yil 14-iyul.
  3. „2013 NHL Draft Prospects“. hockeyprospect.com (2013-yil 12-iyun). Qaraldi: 2013-yil 12-iyun.
  4. „Coyotes sign Max Domi to three-year entry level contract“. Arizona Coyotes (2013-yil 14-iyul). Qaraldi: 2014-yil 14-iyul.
  5. „Canadiens acquire Domi from Coyotes for Galchenyuk“. TSN (2018-yil 15-iyun). Qaraldi: 2018-yil 15-iyun.
  6. „Canadiens sign Max Domi to 2-year, $6.3M deal“. sportsnet.ca (2018-yil 16-iyun). Qaraldi: 2018-yil 16-iyun.
  7. „Domi suspended remainder of preseason for action in Canadiens game“. NHL.com (2018-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 20-sentyabr.
  8. Hickey. „Canadiens score very early and very, very late to edge the Blues“. Montreal Gazette (2018-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 11-noyabr.
  9. „CBJ acquire C Max Domi, third-round pick in 2020 Draft for Josh Anderson“ (en-US). NHL.com. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  10. „Blue Jackets extend Max Domi for two years“. The Sports Network (2020-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  11. „Canes acquire Domi, Inamoto in three team deal“. Carolina Hurricanes (2022-yil 21-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  12. Boylen. „Stanley Cup Takeaways: Max Domi an unlikely hero; will Patrice Bergeron retire?“. Sportsnet (2022-yil 14-may). Qaraldi: 2022-yil 15-may.
  13. Proteau. „Domi's best career performance comes at the right time for the Hurricanes“. The Hockey News (2022-yil 14-may). Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  14. TSN ca Staff. „Blackhawks adding forwards Domi, Athanasiou“ (en). The Sports Network (2022-yil 13-iyul). Qaraldi: 2022-yil 13-iyul.