Mayflower
Mayflower ingliz yelkanli kemasi boʻlib, u 1620-yilda Angliyadan Yangi dunyoga bugungi kunda Piligrimlar nomi bilan tanilgan bir guruh ingliz odamlarini tashigan. Dengizda 10 haftadan soʻng, Mayflower 102 yoʻlovchi va taxminan 30 kishidan iborat ekipaj bilan 1620-yil 21-noyabr [E.U. 11-noyabr] kuni Massachusets shtatidagi Cape Cod qirgʻogʻi yaqinida langar tashlab, bugungi Qoʻshma Shtatlarga ilk bora qadam qoʻygan.
Dengizdagi Mayflower kemasi
| |
Tarix | |
---|---|
Angliya | |
Nomi: | Mayflower |
Egasi: | Christopher Jones |
Maiden voyage: | 1609-yildan oldin |
Xizmat tashqarisida: | 1622–1624 |
Umumiy tavsif | |
Sinfi va turi: | Dutch cargo fluyt |
Vazni: | 180+ tonna |
Uzunligi: | ~80–90 ft (24–27 m) kema sathi, umumiy 100–110 ft (30–34 m) |
Palubalar: | 4 atrofida |
Hajmi: | Nomaʼlum, lekin Plymouth koloniyasidan taxminan 135 nafar insonni olib ketgan |
Zamonaviy Puritanlar (Angliya cherkovini isloh qilish va tozalashga intilgan odamlar oʻzlarini shunday atashgan)dan farq qilgan holda, piligrimlar ularni yolgʻiz ibodat qilishga majbur qilgan Angliya cherkovidan ajralib chiqishni tanlaganlar. Ular cherkovning islohotlarga qarshi edilar va Rim-katolik cherkovi oʻtmishda uni qutqarib boʻlmaydigan darajada buzilganligiga ishonishardi. 1608-yildan boshlab bir guruh ingliz oilalari Angliyadan Niderlandiyaga joʻnab ketishgan va u yerda erkin ibodat qilishlari uchun imkon topishgan edi. 1620-yilga kelib, jamoa Atlantika okeanini kesib oʻtib, „vaʼda qilingan yangi yer“ deb hisoblashgan Amerikaga joʻnashgan va u yerda Plimut koloniyasini tashkil etishga qaror qilishgan[1].
Piligrimlar dastlab Amerikaga oktyabr oyining boshlarida ikkita kema yordamida yetib borishni rejalashtirishgan edi, ammo kechikishlar va nosozliklar tufayli faqat Mayflowerdan foydalanishlari mumkin boʻldi. Ular noyabr oyida keladigan qattiq qishdan yoʻqotishlarsiz chiqishlari kerak edi. Natijada, Plimutdagi birinchi qishdan ilk piligrimlarning faqat yarmi omon qolgan. Agar mahalliy xalq ularga oziq-ovqat yigʻish va boshqa omon qolish koʻnikmalarini oʻrgatmaganida, barcha odamlar halok boʻlishi ehtimoli oʻta yuqori darajaga yetar edi. Keyingi yili, omon qolgan 53 kishi[2] 90 nafar mahalliy xalq bilan birga koloniyaning birinchi kuzgi hosilini nishonlashgan[3], asrlar oʻtib bu kun Amerikadagi birinchi Shukronalik kuni deb eʼlon qilindi[4]. Mayflower kemasini dengizga tushirishdan oldin, piligrimlar Mayflower kelishuvini tuzdilar va imzoladilar, bu shartnoma sabab oddiy hukumat tashkil etildi, unda har bir aʼzoning rejalashtirilgan turar-joy xavfsizligi va farovonligiga egaligi taʼminlangan. Mayflower eng qadimgi mustamlakachilik kemalaridan biri sifatida Qoʻshma Shtatlar tarixidagi madaniy timsolga aylangan[5].
Sayohatga turtki boʻlgan omillar
tahrirGollandiyaning Leiden shahrida surgunda yashovchi 400 ga yaqin ingliz protestantlari guruhi Angliya cherkovi islohot qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan norozi boʻlib, bu holatni oʻta haddan oshish va suiisteʼmollik deb hisobladilar. Ammo Angliyada oʻzgarishlar qilish uchun boshqa puritanlar kabi ishlashdan koʻra, ular 1608-yilda diniy tomonlama bagʻrikeng boʻlgan Gollandiyada separatistlar sifatida yashashni tanladilar. Separatistlar safiga qoʻshilgach ular oʻz vatanlari Angliya uchun qonunbuzar radikallarga aylanishgan[6].
Leiden hukumati reformatsiya qilingan cherkovlarga, xoh ingliz, xoh fransuz yoki nemis boʻlsin, moliyaviy yordam koʻrsatgani uchun eʼtirof etilgan, bu esa uni protestant ziyolilari uchun talab darajasidagi manzilga aylantirishda muhim rol oʻynagan[7]:17. Separatistlarning koʻpchiligi Angliyaning Nottinghamshir shahridagi cherkovning noqonuniy aʼzolari boʻlib, yashirincha protestantizmning Puritanlik shaklini amalda qoʻllashgan. Rasmiylar ularning ushbu guruhidan xabar topganini bilgach, cherkov aʼzolari tunda kiyim-kechaklarini olib, yashirincha Gollandiyaga qochib ketishgan[7]:18.
Gollandiyadagi hayot odamlar uchun tobora qiyinlashib borgan. Ular jun tozalash kabi ogʻir ishlarda mehnat qilishga majburlangan, bu esa turli xil sogʻliq bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqargan. Bundan tashqari, mamlakatning bir qator yetakchi teologlari ochiq munozaralarga kirishdilar, bu esa bir necha yillar oldin boʻlgani kabi, Ispaniya yana Gollandiya aholisini qamalda ushlashi mumkinligidan qoʻrqqan fuqarolarning tartibsizliklariga olib kelgan[6]. Angliyalik James I keyinchalik Gollandiya bilan Ispaniyaga qarshi Gollandiyada mustaqil ingliz cherkov guruhlarini tuzishni taqiqlash sharti bilan ittifoq tuzgan[7]:26. Umuman olganda, bular separatistlarni Yangi dunyoga suzib ketishga undaydigan omillardan biriga aylangan[6].
Ularning Amerikaga sayohat qilish istagi oʻta shijoatli va shu bilan birga xavfli ham edi, chunki Shimoliy Amerikaga joylashishga boʻlgan avvalgi urinishlari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. 1607-yilda asos solingan Jamestown koʻchmanchilarning koʻpchiligi birinchi yilning oʻzida vafot etishgan. Yangi kelgan 500 kishidan 440 tasi qishning birinchi olti oyida ochlikdan vafot etgan[6]. Puritan separatistlari mahalliy xalqlar tomonidan doimiy hujumlarga duchor boʻlishi mumkinligidan ham xavotir olishgan[6]. Ammo bu Yangi yerga sayohat qilishga qarshi boʻlgan barcha omillarga qaramay, Xudo ularning borishlarini xohlayotganiga boʻlgan ishonchlari oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmagan: „Biz Xudo biz bilan ekanligiga ishonamiz“, deb yozishgan: „va U bizning harakatlarimizga va qalblarimizning soddaligiga marhamat qilishiga ishonamiz“[6][8].
Sayohat
tahrirGollandiyani tark etish
tahrirGollandiyani tark etishga qaror qilgandan soʻng, ular sotib olingan ikkita kema Speedwell hamda Mayflower yordamida Atlantika okeanini kesib oʻtishni rejalashtirishgan. Kichkina Speedwell ularni birinchi boʻlib Leidendan Angliyaga olib boradi. Keyinchalik katta Mayflower yoʻlovchilarning asosiy qismini tashish va yoʻlning qolgan qismini bosib oʻtish uchun Speedwell bilan birgalikda ishlatilishi kerak edi[9].
Separatistlarning hammasi ham keta olmadilar, chunki koʻpchilikning oʻz ishlarini tashlab ketishga xohishi hamda istagi yoʻq edi va ularning moliyaviy holatlari zarur sayohat anjomlarini sotib olish uchun kamlik qilgan. Shuning uchun, guruh aʼzolari birinchi boʻlib yoshroq va kuchliroq aʼzolar, keyinchalik esa boshqalar olib ketilishiga qaror qilishgan. Guruhni Amerikaga sayohat qilish gʻoyasini birinchi boʻlib John Robinson taklif qilgan boʻlsa-da, u sayohatga chiqa olmaganlar bilan birga Leidenda qolishga qaror qilgan[9].
Robinson oʻz doʻstlari va odamlariga nima uchun sayohat qilish kerakligini tushuntirar ekan, oʻz harakatlarini qadimgi isroilliklar Bobildagi qullikdan qochib qutulish uchun Quddusga, muqaddas maskanlarini quradigan joyga qaytishlariga oʻxshatgan va ushbu hikoyadan odamlarini ruhlantirish uchun foydalangan[10]. „Piligrimlar va puritanlar oʻzlarini Xudoning Yangi Isroili deb atashgan“, deb yozadi Peter Marshall[10]. Shuning uchun Amerikada xuddi shunday „maʼnaviy Quddus“ qurish ziyoratchilar va puritanlar taqdiri hisoblangan[10][11]:39.
Ketish vaqtida, kemaning katta rahbari Edward Winslow joʻnab ketayotganda oilalarning ajralishi manzarasini quyidagicha tasvirlab bergan: „Koʻz yoshlar toʻkildi. Suzib keta olmayotganlar bizni kemagacha kuzatib borishdi, lekin bir ogʻiz ham gapirishmadi“[12].
Angliyaning janubiy qirgʻoqlarigacha boʻlgan sayohat uch kun davom etdi, u yerda kema 1620-yil 5-avgust [E.U. 26-iyul] kuni Sautgemptonga langar tashladi. U yerdan piligrimlar birinchi navbatda oʻzlarining kattaroq kemasi Mayflowerga eʼtibor qaratishdi, chunki u oziq-ovqat bilan toʻldirilgan edi[9].
Speedwell va Mayflower
tahrirTaxminan 65 nafar yoʻlovchini olib, Mayflower 1620-yil iyul oʻrtalarida Londondan joʻnab ketgan[13]. Keyin kema Temza boʻylab Angliyaning janubiy qirgʻogʻiga yoʻl oldi va u yerda Hampshir shtatidagi Southamptonga langar tashlagan. Kema u yerda Leiden guruhi aʼzolari bilan Gollandiyadan kelgan Speedwell kemasi bilan 22-iyul kuni rejalashtirilgan uchrashuvni kutgan[14]. Garchi ikkala kema ham iyul oyi oxirigacha Amerikaga joʻnab ketishni rejalashtirgan boʻlsa-da, Speedwellda muammolar aniqlangan va uni taʼmirlash kerak boʻlib qolgan[15].
Kemalar Amerikaga 5-avgust kuni atrofida suzib ketishgan, biroq koʻp oʻtmay Speedwellda yana bir nosozlik yuzaga kelgan, bu esa kemalarni taʼmirlash uchun Dartmouthga qaytarishlariga sabab boʻlgan. Taʼmirlashdan keyin ular yana hammasini qaytadan boshlashgan, lekin 200 milya (320km)dan, Angliyaning janubi-gʻarbiy uchidagi Land’s Enddan tashqarida, Speedwellda uchinchi marta muammo yuzaga chiqqan. Sentyabr oyining boshlarida ular Speedwelldan voz kechib, uning yoʻlovchilari haqida qaror qabul qilishdan boshqa ilojlari qolmagan edi. Bu dahshatli voqea edi, chunki kemaga juda koʻp mablagʻ sarf qilingan, bu ularning Amerikada joylashishining kelajakdagi muvaffaqiyati uchun juda muhim hisoblangan. Ikkala kema ham Angliyaning Plimut shahriga qaytib keldi, u yerda 20 nafar Speedwell yoʻlovchisi oʻzi toʻlib toshgan Mayflowerga qoʻshilishgan, qolganlari esa Gollandiyaga qaytishgan[16].
Shamol kuchayishini yana yetti kun kutishgan. Xususan William Bradford xavotirda edi: „Biz shu yerda qolib, iloji boricha shamol esayotganini oʻtkazib yubormaslikka intilardik… Menimcha, Angliya qirgʻoqlarini tark etmasimizdan oldin oziq-ovqatimizning yarmini isteʼmol qilib boʻlamiz. Agar safar uzoqqa choʻzilsa, mamlakatga yetib borganimizda bir oylik oziq-ovqatimiz ham qolmagan boʻladi“[17]:343. Bradfordning soʻzlariga koʻra, Speedwell qayta jihozlangan va dengizga yaroqli boʻlib, „egalarining foydasi“ga koʻp sayohatlar qilgan. Uning fikricha, Speedwell aʼzolari Amerikada ochlik va oʻlimga duch kelishdan qoʻrqib, sayohatni toʻxtatish uchun „ayyorlik va nayrang“dan foydalangan boʻlishi mumkin[18]:28.
Mayflowerning suzib ketishi
tahrirSentyabr oyi boshida gʻarbiy daydi shamol Shimoliy Atlantikani suzib oʻtish uchun xavfli joyga aylantirdi. Southamptondan joʻnab ketayotganda Mayflowerning taʼminoti ancha koʻp edi, lekin bir oydan koʻproq kechikishlar tufayli ular kamayib qoldi. Yoʻlovchilar koʻp vaqt davomida kema bortida boʻlishgan, ular juda ham charchagan hamda oʻzlarini toliqqan his qilishgan va juda ogʻir, uzoq Atlantika sayohati uchun katta kemaning kichkina hamda tor joylarida oʻtirishgan[18]:29.
Mayflower 1620-yil 16-sentyabr [E.U. 6-sentyabr] kuni Plimutdan yolgʻiz, Bradford „farovon shamol“ deb atagan shamol bilan 102 yoʻlovchi, shuningdek, 25–30 ofitser va erkaklardan iborat ekipaj, jami bortdagi 130 nafar odam bilan suzib ketdi[18]:29[19]. Taxminan 180 tonna ogʻirlikdagi kichikroq yuk kemasi hisoblangan Mayflower asosan Angliya va Bordo oʻrtasida qatnab, kiyim va sharob savdosi bilan shugʻullangan. U okeanda suzish uchun moʻljallanmagan edi[20]:39. Kemaning oldi va orqa qismi baland qilib qurilgan, uzunligi taxminan 100 fut (30 m) va eniga taxminan 25 fut (7,6 m) edi[18]:24[21]:37.
Manbalar
tahrir- ↑ Fraser, Rebecca. The Mayflower, St. Martinʼs Press, N. Y. (2017) ISBN 978-1-250-10856-2
- ↑ „Primary Sources for 'The First Thanksgiving' at Plymouth“. Pilgrim Hall Museum. — „The 53 Pilgrims at the First Thanksgiving“. Qaraldi: 2009-yil 26-noyabr.
- ↑ Winslow, Edward (1622), Mourt's Relation (PDF), 133-bet, qaraldi: November 20, 2013, „many of the Indians coming amongst us, and amongst the rest their greatest king Massasoyt, with some ninetie men, whom for three dayes we entertained and feasted“
- ↑ Weinstein, Allen, and Rubel, David. The Story of America, Agincourt Press Production, (2002) ISBN 0-7894-8903-1 pp. 60–61
- ↑ Bevan, Richard. „The Mayflower and the Birth of America“, Sky History. AETN UK. Accessed on 23 November 2023.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 Philbrick, Nathaniel. Mayflower: A Story of Courage, Community, and War, Penguin Publishing (2006) ebook ISBN 978-1-101-21883-9
- ↑ 7,0 7,1 7,2 Fraser, Rebecca. The Mayflower, St. Martinʼs Press, N. Y. (2017) ISBN 978-1-250-10856-2
- ↑ Arber, Edward. The Story of the Pilgrim Fathers, 1606–1623. London: Ward and Downey, 1897 — 286-bet. Qaraldi: 2021-yil 19-yanvar.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 Jackson, Kevin. Mayflower: The Voyage from Hell, Amazon ebook, 2013 ISBN 978-1-9161908-7-0
- ↑ 10,0 10,1 10,2 Marshall, Peter. The Light and the Glory, Baker Publishing Group (1977) p. 20 ISBN 0-8007-3271-5
- ↑ Meacham, Jon, American Gospel: God, the Founding Fathers, and the Making of a Nation, Random House, 2006, p. 40
- ↑ Hilton, Christopher. Mayflower: The Voyage that Changed the World, History Press ebook (2005) ISBN 978-0-7524-9530-9
- ↑ Charles Edward Banks p.17
- ↑ Jackson, Kevin. Mayflower: The Voyage from Hell, Amazon ebook, 2013 ISBN 978-1-9161908-7-0ISBN 978-1-9161908-7-0
- ↑ Whittock, Martyn. Mayflower Lives: Pilgrims in a New World and the Early American Experience, Pegasus Books (2019) ebook ISBN 1-64313-132-X
- ↑ Bishop, Rev. E. W., „The Pilgrim Forefathers“, Lansing State Journal (Michigan), Oct. 2, 1920 p. 4
- ↑ Arber, Edward. The Story of the Pilgrim Fathers, 1606–1623, Ward and Downey, Limited (1897) ISBN 978-0-7222-6640-3
- ↑ 18,0 18,1 18,2 18,3 Philbrick, Nathaniel. Mayflower: A Story of Courage, Community and War, (Penguin Books 2006)
- ↑ Charles Edward Banks, The English Ancestry and Homes of the Pilgrim Fathers Who Came to Plymouth on the „Mayflower“ in 1620, the „Fortune“ in 1621, and the „Anne“ and „Little James“ in 1623, orig. pub 1929, reprint 2006 by Genealogical Publishing Co., ISBN 0-8063-0708-0 p. 17–19
- ↑ Fraser, Rebecca. The Mayflower, St. Martinʼs Press, N. Y. (2017) ISBN 978-1-250-10856-2ISBN 978-1-250-10856-2
- ↑ Bunker, Nick. Making Haste from Babylon: Mayflower Pilgrims and their New World a History, Knopf, New York (2011) ISBN 0-307-38626-0
Havolalar
tahrir- Mayflower va Plimut tarixi
- Mayflower 400 (Wayback Machine saytida 2017-11-12 sanasida arxivlangan)
- Mayflower va Plimut koloniyasining ayollari Mary Soule Googins tomonidan Medford tarixiy jamiyatida oʻqilgan, 1921-yil 19-dekabr
- Plimutdagi Pilgrim Hall muzeyi, Massachusets
- Mayflower avlodlari umumiy jamiyati
- Mayflower va uning jurnali; Azel Ames, Project Gutenberg nashri.
- Mayflower va uning jurnali; Azel Ames, Internet arxivi nashri.
- Sunʼiy yoʻldosh xaritasidagi va BlooSeedagi NOAA diagrammasidagi Mayflowerning aniq kelish manzili
- Mayflower II
- Pilgrims Point, Plimut (Buyuk Britaniya)