Maysajonning sarguzashtlari
„Maysajonning sarguzashtlari“ (ruscha: Приключения Травки) — rus yozuvchisi Sergey Rozanov qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1928-yil yozgan. Qissa muallif hayoti davomida 17 marta nashr qilingan. Asar asosida 1976-yil film suratga olingan.
Asl nomi | Приключения Травки |
---|---|
Muallif(lar) | Sergey Rozanov |
Tarjimon(lar) | Hakim Pirmuhamedov |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | qissa |
Nashr etilgan sanasi | 1928 |
Nashriyot | „Yosh gvardiya“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1974 |
Asarda katta shaharda adashib qoluvchi bolakay haqida hikoya qilinadi. Qissani oʻzbek tiliga Hakim Pirmuhamedov tarjima qilgan.
Syujet tahrir
Qissada bosh qahramon Maysajon Moskva shahrida ota-onasi bilan yashaydi. U hamma narsani bilishni xohlaydi. Qahramon qiziquvchanligi tufayli shaharda adashib qoladi va turli sarguzashtlarni boshidan kechiradi.
Qahramonlar tahrir
- Maysajon – bosh qahramon
- Maysajonning otasi
- Maysajonning onasi
Oʻzbekcha tarjima tahrir
Asarni oʻzbek tiliga 1958-yil „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan ruscha nashridan Hakim Pirmuhamedov qisqartirib tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1974-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Siddiqov – muharrir, B. Chechenin – rassom, L. Miroyedova – rasmlar muharriri, L. Jixarskaya – texnik muharrir, M. Yunusova – musahhih. Kitob adadi – 30 000 nusxa.
Havolalar tahrir