Asqarova Mazluma (1924.4.11, Toshkent — 17-noyabr 2010-yil) – oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1965). Filologiya fanlari doktori (1963), professor (1965), Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining muxbir a’zosi (1968). Toshkent pedagogika bilim yurti (1940), Toshkent pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti (1944)ni tugatgan. Shu institut (hozirgi Toshkent pedagogika universiteti)da oʻqituvchi (1948– 52), dotsent (1957–63). Oʻzbek tilshunosligi kafedrasining mudiri (1952–57; 1964-yildan). Ilmiy faoliyati hozirgi oʻzbek tilida ergashish formalari va ergashgan gaplarning tiplari mavzuiga bagʻishlangan. A. oʻrta maktablar uchun "Oʻzbek tili darsligi", oliy oʻquv yurtlari uchun "Hozirgi oʻzbek adabiy tili" darsligi (1-qism, 1980; 2-qism, 1986) mualliflaridan. 2010-yilning 17-avgustida 86 yoshida vafot etdi.[1]

Mazluma Asqarova Asqarovna
Tavalludi 4-noyabr 1924-yil
Vafoti 17-noyabr 2010-yil(2010-11-17)
(86 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Asarlari

tahrir
  • „Oʻzbek tili darsligi“ (4-sinf uchun, 1970, 1975, 1979, 1980, 1982, 1984, 1990, 1992-yillar; hammuallif),
  • „Oʻzbek tili darsligi“ (7-sinf uchun, 1972-yil hammuallif),
  • „Oʻzbek tili darsligi“ (8-sinf uchun, 1982-yil; hammuallif),
  • „Oʻzbek til darsligi“ (7-8 sinflar uchun, 1974, 1977, 1981, 1983, 1987, 1991-yillar, hammuallif),
  • „Oʻzbek tili“ (1976, 1989-yillar; hammuallif),
  • „Oʻzbek tili darsligi“ (9-sinf uchun, 1980-yil; hammuallif),
  • „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (I tom, 1975-yil; hammuallif)
  • „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (II tom, 1976-yil; hammuallif),
  • „Hozirgi oʻzbek adabiy tili“ (I qism, 1980-yil; hammuallif),
  • „Oʻzbek tili grammatikasining praktikumi“ (1972, 1981-yillar; hammuallif).
  • „Bogʻlovchisiz bogʻlangan qoʻshma gaplar“ (1955),
  • „Sabab va maqsad ergash gapli qoʻshma gaplar“ (1957),
  • „Aniqlovchi ergash gaplar“ (1959),
  • „Qoʻshma gapning koʻchirma gapli turi haqida“ (1981)
  • „Hozirgi zamon oʻzbek tilida qoʻshma gaplar“ (1960),
  • „Ergashgan qoʻshma gaplarning sintaktik sinonimikasi“ (1963),
  • „Hozirgi oʻzbek tilida ergashish formalari va ergash gaplar“ (1966) va boshqalar.

Mukofotlari

tahrir

Oʻzbekiston Oliy Soveti Prezidiumining Faxriy Yorligʻi (1965, 1985), „Oʻzbekiston Xalq maorifi vazirligining Faxriy Yorligʻi“ (1972, 1974, 1975, 1984), Oʻzbekiston Xalq (O'zbek xalqi dalbayop xaliq bolip hisoblanadi) maorifi alochisi (1974), „Hurmat Belgisi“ ordeni (1978), „Shuhrat“ (1994) medali, „Mustaqillik“ esdalik nishoni (1992), „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ (1965).

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil