Mehboba Ahdyar
Mehboba Ahdyor, 1989-yilda Kobulda tugʻilgan[1] — afgʻon sportchisi. U 2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Afgʻonistonni himoya qiladigan yagona ayol boʻlishi kerak edi va u yerda ayollar oʻrtasida 1500 metr va 3000 metrga yugurish boʻyicha yengil atletika boʻyicha qatnashishni rejalashtirgan edi[2].
Mehboba Ahdyar | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
1989 Kabul |
Sport | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Ahdyarning oilasi Kobulning eng kambagʻal hududlaridan biridan g'ishtdan qurilgan oddiy uyda juda nochor holda kun kechirishgan[3]. Keyinchalik xabar qilinishicha, Mehboba 1500 metrga taxminan 4 daqiqa:50 soniya vaqtda yetib kelgan[3]. Ahdyor Afgʻonistondagi musobaqalarda gʻolib chiqqan, ammo Olimpiada uning vatanidan tashqaridagi ilk musobaqasi boʻlishi kerak edi. Biroq, u musobaqalarda qatnashmagan chunki Olimpiada oldidan, 2008-yil 4-iyun kuni Ahdyar, o'ziga siyosiy boshpana soʻrash uchun Italiyaning Formia shahridagi mashgʻulotlardan gʻoyib boʻlgan. Keyin uning qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan[4]. 2008-yil 10-iyulda u boshpana izlash uchun Norvegiyaga ketayotgani maʼlum boʻlgan[5].
Afgʻonistonning Qoʻshma Shtatlardagi elchixonasi maʼlum qilishicha, u Olimpiadaga tayyorgarlik koʻrayotganida Ahdyor „konservativ qoʻshnilarining har kuni masxara qilishlari, uning feʼl-atvori haqidagi shafqatsiz mish-mishlar va hatto ekstremistlar tomonidan oʻlim tahdidlariga duchor boʻlgan“ va shu sababli olimpiadaga qatnashmasdan musobaqani tark etgan.
Mehboba Ahdyor Xitoyda boʻlib oʻtadigan olimpiada oʻyinlari davomida musulmon roʻmolini kiyishni rejalashtirgan: „Xitoyda boʻlib oʻtadigan musobaqalarda qatnashganimda roʻmolimni yechmayman, chunki bu roʻmol musulmon ayollarining ramzi hisoblanadi“ deb olimpiada oldidan intervyu bergan edi.
Shuningdek
tahrirRobina Muqimyor Afgʻoniston uchun Olimpiadada qatnashgan birinchi ayol, 2004-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Athletes > Mehboba Ahdyar > Bio“ (Wayback Machine saytida 2014-01-05 sanasida arxivlangan), NBC
- ↑ „Afghan Womanʼs Olympic Dream“, National Geographic, March 17, 2008
- ↑ 3,0 3,1 „Afghan Woman Runs Toward Olympics Despite Jeers, Potential Danger“, Associated Press, March 16, 2008
- ↑ Where Is the Afghan Female Runner? TIME, 2008-06-09
- ↑ Fears ease after missing Afghan athlete found (Wayback Machine saytida 2008-10-12 sanasida arxivlangan), TimesOnline, July 10, 2008