Mehmed VI
Mehmed VI Vahid ud-Din (وحیدالدین; Altıncı Mehmet, Mehmet Vahideddin) (1861—1926) — Usmonlilar imperiyasining soʻnggi, 36-sultoni (1918-1922)
Mehmed VI محمد سادس Mehmed-i Sadis | |
![]() | |
Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi | |
Hukmronligining boshlanishi: | 1918 |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 1922 |
Oʻtmishdosh: | Mehmed V |
Voris: | (tugatilgan) |
Tugʻilgan sanasi: | 2-fevral 1861-yil |
Tugʻilgan joyi: | Istanbul, Usmonlilar imperiyasi |
Vafot sanasi: | 15-may 1926-yil (65 yoshda) |
Vafot joyi: | San-Remo, Italiya |
Dafn joyi: | Sulaymoniya takyasining qabristoni, Damashq, Suriya |
Tarjimai hol tahrir
Birinchi jahon urushi tugayotgan paytda taxtga oʻtirgan. Imperiya urushda Antantaga magʻlub boʻlgan, bu paytda Usmonli imperiyasi ancha zaiflashib qolgan edi. Podshoh esa, Antanta qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolgandi. 1919-yilda Anatoliyada Mustafo Kamol boshchilgida podshoh hokimiyatiga qarshi isyon koʻtarilgan. 1920-yilda Mustafo Kamol yangi tuzilgan hukumatga rahbar boʻlgan. Sulton Mehmed Mustafo Kamolga qarshi kurashish uchun Antantadan yordam soʻraydi, lekin Kamol bilan kurash befoyda boʻlib chiqadi. 1922-yil 1-noyabrda Usmonlilar imperiyasi tugatiladi. Mehmed Italiyaga qochib ketadi. 1926-yili vafot etadi[1][2][3]. Suriyaning Damashq shahridagi Sulaymoniya takyasining qabristoniga dafn etilgan.