Mehnat bilan davolash
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mehnat bilan davolash - mehnatdan shifobaxsh omil sifatida foydalanish. Bemorning ruhiyatiga taʼsir etish usullaridan biri (ayniqsa, ru-hiy kasalxonalarda). Organizm tonusini oshirish, moddalar almashinuvi jarayonini normallashtirish vositasi boʻlib, tybbyyotning turli sohalarida shifobaxsh fizkultura va sport bilan bir qatorda tatbiq etiladi. Davolash muassasalarida bemor uzoq yotganda (mas, suyak va oʻpka sili, poliomiyelit oqibatlari) M. bilan d. keng qoʻllanadi. Sh. A. Alimov Oʻzbekistonda M. bilan d.ni ilgari surdi. Shu bois res-publikamizda M. bilan d. sanatoriysi va dispanserlari ochildi.
Ruhiy bemorlarni M. bilan d.da ular mehnat qilish qobiliyatini qay darajada yoʻqotganligiga, sogʻlom vaqtida bajargan kasbiga eʼtibor beriladi. Bunda dastlabki kunlar joʻn ishlar (qogʻoz yopishtirish va qutichalar yasash) qildiriladi, mehnat qilish qobiliyati tiklana borgan sari bemorni fikrlashga majbur etuvchi mehnatga (bichishtikish, chizmachilik va hokazo) oʻtkaziladi. Kasallikning ogʻir-yengilligi, kechishiga qarab deyarli hamma ruhiy bemorlar mehnat bilan davolanadi. Travmatologiya, ortopediya va nevrologiyada harakat faoliyatini tiklash uchun shifobaxsh gimnastika bilan birga M. bilan ham qoʻllanadi.
Uff ee aldamen ustoz
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |