„Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni — iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagilarga, shuningdek, ishlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, farzandlarimizni jamiyat oldida mas’uliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga bagʻishlab, jamiyatda hurmat qozongan onalarni munosib taqdirlash maqsadida ta'sis etilgan[1].

„Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi ko'krak nishoni
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan nafaqa yoshidagilarga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 2018-yil 2-oktabr.

Darajalari tahrir

  • I darajali koʻkrak nishoni bilan kamida 35 yillik mehnat stajiga ega shaxslar;
  • II darajali koʻkrak nishoni bilan kamida 30 yillik mehnat stajiga ega shaxslar;
  • III darajali koʻkrak nishoni bilan kamida 25 yillik mehnat stajiga ega shaxslar, shuningdek, jamiyatda hurmat qozongan ishlamaydigan onalar taqdirlanadilar.

I darajali koʻkrak nishoni yuqori darajali hisoblanadi. II yoki III darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar keyinchalik uning yuqori darajalari bilan bosqichma-bosqich mukofotlanishi mumkin. Bir darajadagi koʻkrak nishoni takroran berilmaydi.

Tavsifi tahrir

„Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi: I darajali koʻkrak nishoni tilla rangda; II darajali koʻkrak nishoni kumush rangda; III darajali koʻkrak nishoni bronza rangda boʻladi.

  • Koʻkrak nishonining old tomonida qanotlarini yozgan Humo qushi tasviri aks ettirilgan. Uning tepa qismida koʻkrak nishoni darajasini ifodalaydigan boʻyi 4 millimetrli „I“, „II“ yoki „III“ — rim raqamidagi son va diametri 1,8 millimetrli sakkiz qirrali yulduz joylashgan. Ushbu tasvirning umumiy balandligi 22 millimetrni, eni 23 millimetrni tashkil etadi.
  • Koʻkrak nishonining old yuqori qismida sakkiz qirrali yulduzlar oraligʻida ikki qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „MEHNAT“, „FAXRIYSI“ yozuvi joylashgan.
  • Koʻkrak nishonining orqa tomoni markazida toʻrt qatorda harflarning balandligi 2 millimetr boʻlgan „KOʻP YILLIK“, „HALOL“, „MEHNATI“, „UCHUN“ yozuvi joylashgan. Uning atrofi diametri 30,7 millimetr boʻlgan naqsh bilan hoshiyalangan.
  • Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir. Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qabariq doira bilan oʻralgan. Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
  • Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, lentaning oʻrtasidan eni 8 millimetrli oq yoʻl, ikki chetidan esa har birining eni 7 millimetr boʻlgan koʻk rangli yoʻl oʻtgan. Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir